Bojxona va soliq qoʻmitalari xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasining shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Oʻzbekiston
20.09.2025, 12:25
Ulashish:

Unda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti inspektori xizmat mavqeidan foydalanib, Toshkent tumanida yashovchi, 1979 y.t. fuqaroning 7 kg oltin qimmatbaho metallarini Qozogʻistondan chegara bojxona posti orqali deklaratsiyada koʻrsatmasdan va bojxona nazoratidan yashirgan holda oʻtkazib berish evaziga Chirchiq shahrida 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda bojxona xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Toshkent shahrida qayd etilgan holatda esa Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasining shoʻʼba bosh inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda, oziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi MChJ faoliyatini oʻzining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tugatib berish evaziga 2500 AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻini tuman soliq inspeksiyasi binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda bosh inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Boshqa holatda esa Mirobod tumani soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari shoʻʼbasi inspektori oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, oʻziga biriktirilgan hududda faoliyat yurituvchi savdo doʻkonida soliq tekshiruvlari amalga oshirmaslik va kelgusida har qanday soliq tekshiruvlari toʻgʻrisida oldindan xabar berib turish evaziga 10 mln soʻm pul mablagʻini oʻzining bank plastik kartasiga oʻtkazdirib olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.
Endilikda ushbu inspektor ham qonun oldida javob beradi.
Oʻzbekiston
20.09.2025, 12:25
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi
Oʻzbekiston
19.08.2025, 12:28

Oʻzbekistonda 6 oyda qancha bojxona toʻlovlari oʻtkazilgani ochiqlandi
Oʻzbekiston
11.07.2025, 13:54

Oʻzbekistonga yarim tonnadan ortiq "gashish" olib kirmoqchi boʻlganlar ushlandi
Oʻzbekiston
10.02.2025, 17:20

"Gʻishtkoʻprik" posti toʻrt oyga yopiladi
Oʻzbekiston
03.02.2025, 11:09
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
So'nggi yangiliklar

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati
Madaniy
20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33

Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi
Jahon
20.05.2026, 10:37

Lotin Amerikasiga yo‘l: Rio-de-Janeyroda O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi ish boshladi
Iqtisodiyot
19.05.2026, 17:08

Umumiy sun’iy intellekt poygasi: sohada AQSH kuchlimi yoki Xitoy?
Fan-texnologiya
19.05.2026, 15:55

Toshkentda JAC Motors avtomobil zavodi ishga tushirildi
Iqtisodiyot
19.05.2026, 10:10

Endi o‘zbekistonliklar Italiya qishloq xo‘jaligida ishlashi mumkin
Oʻzbekiston
19.05.2026, 09:32
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
