Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 09:28

Eronda ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda

Eronda oʻn ikki kundan beri ommaviy norozilik namoyishlari toʻxtamay kelmoqda. Milliy valyuta — rialning keskin qadrsizlanishi va chuqur iqtisodiy inqiroz aholini koʻchalarga chiqardi.

Eronda ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda

8 yanvar, payshanba kuni namoyishchilar Tehronning asosiy magistrallaridan biri — Oyatulloh Koshoni bulvarini toʻsib qoʻydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda mamlakatning turli hududlarida toʻqnashuvlar va yongʻinlar aks etgan. Kadrlarda qurol ovozlari eshitilishi, xavfsizlik kuchlarining namoyishchilarga qarshi koʻz yosh oqizuvchi gaz qoʻllagani, namoyishchilar esa politsiya mashinalarini yoqib yuborgani kuzatiladi.

Norozilik aksiyalari Mashhad, Kermanshoh va boshqa yirik shaharlarga ham tarqalgan. Hozirda namoyishlar Tehron, Mashhad, Kermanshoh, Lordegan va qator boshqa shaharlarda davom etmoqda.

Eronning gʻarbiy qismida, Iroq bilan chegarada joylashgan Ilom viloyatidagi Abdanan shahrida namoyishchilar politsiya boshqarmasi binosini egallab, shahar ustidan nazorat oʻrnatgani haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, Malekshohiy shahri ham toʻliq namoyishchilar nazoratiga oʻtgani aytilmoqda.

HRANA agentligi maʼlumotlariga koʻra, norozilik namoyishlari mamlakat boʻylab 111 ta shahar va qishloqni qamrab olgan.

Iran Human Rights (IHR) tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, namoyishlar boshlanganidan beri kamida 45 kishi halok boʻlgan, ularning sakkiz nafari bolalar. Eron hukumati esa rasmiy ravishda 21 qurbon haqida xabar bergan boʻlib, ular orasida xavfsizlik xizmatlari xodimlari ham bor. Ilk kunlardagi toʻqnashuvlarda turli manbalar 16 nafardan 36 nafargacha namoyishchi halok boʻlganini qayd etgan.

Namoyishlar 28 dekabr kuni Tehrondagi Gran-bozorda boshlangan. Savdogarlar giperinflyatsiya va narxlarning keskin oʻsishiga qarshi chiqib, doʻkonlarini yopib qoʻyishgan. 29 dekabrga kelib, eron riali kursi rekord darajada pasayib, 1 AQSh dollari uchun taxminan 42 ming rialni tashkil etgan.

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, oktabr oyida Eronda oziq-ovqat inflyatsiyasi 64,2 foizga yetgan. Bu koʻrsatkich boʻyicha mamlakatdan oldin faqat Janubiy Sudan joy olgan.

Namoishlarning radikallashuvi

2009 va 2022 yillarda Eron hukumati ommaviy hibsga olishlar orqali xalq noroziliklarini bostirgan boʻlsa, bu safar namoyishlar mutlaqo boshqacha tus olmoqda. Hozirgi namoyishchilar kuch ishlatishga kuch bilan javob qaytarmoqda.

Davlat OAVlarining xabar berishicha, namoyishchilarning bir qismi oʻqotar qurol va portlovchi vositalar bilan qurollangan. Malekshohiy shahrida bir politsiya xodimi otib oʻldirilgan, Lordeganda esa ikki nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok boʻlgan. Shuningdek, taxminan 30 ga yaqin xodim yaralangani xabar qilinmoqda.

Ayrim hududlarda namoyishchilar davlat bayroqlarini yoʻq qilgan, ayatollo Homeyniy haykallarini buzgan va politsiya binolarini yoqib yuborgan. Tehron koʻchalarida minglab odamlar toʻplangani, keskin toʻqnashuvlar davom etayotgani qayd etilmoqda.

Norozilik bildiruvchilar ochiq bayonotlarda Eronning ittifoqchilarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qimmat tashqi siyosati aholini qashshoqlikka olib kelganini taʼkidlamoqda. Bu tezis avvaldan Eronga qarshi kayfiyatdagi kuchlar tomonidan ilgari surilgan boʻlsa, AQSh sanksiyalarining kuchayishi va hayot sharoitining yomonlashishi ortidan u keng xalq noroziligiga aylandi.

Internet va axborot blokadasi

Eron hukumati nazorat choralarini keskin kuchaytirgan. Mamlakat boʻylab internet trafigi qariyb 90 foizga kamaygan, ayrim hududlarda telefon aloqasi ham ishdan chiqqan.

Cloudflare IT-kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, erkin internetga kirish imkoniyati asosan davlat idoralari va xavfsizlik xizmatlari xodimlari uchun saqlab qolingan.

Tahlilchilar qayd etishicha, Eron jamiyati, ayniqsa yoshlar qatlami, ancha urbanizatsiyalashgan, bilimli va internet orqali tashqi dunyo bilan uzviy bogʻlangan. Hukumat aynan shu aloqani uzishga urinayotgani taʼkidlanmoqda.

Mamlakat ichidagi siyosiy reaksiya

Eron rahbariyati oʻtmish saboqlarini hisobga olgan holda harakat qilayotganini bildirmoqda, biroq qattiqqoʻl siyosatdan voz kechgani yoʻq. Sud tizimi rahbari Gʻolyam Husayn Mohseni Edjei:
«Qoʻzgʻolonchilarga hech qanday imtiyoz boʻlmaydi», — deya bayonot berdi.

Tehronda siyosiy va xavfsizlik elitasi, shuningdek, nisbatan moʻʼtadil pozitsiyasi bilan tanilgan prezident Masud Pezeshkian ham umumiy tahdid oldida birdamlik namoyon etmoqda.

Xalqaro bosim

AQSh prezidenti Donald Tramp Salem News Channel telekanaliga bergan intervyusida:
«Agar ular odamlarni oʻldirishni boshlasa, AQSh juda kuchli zarba beradi», — deya bayonot berdi.

Mutaxassislar bu soʻzlar vaziyatga ikki xil taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidlamoqda. Bir tomondan, u namoyishchilar orasida tashqi qoʻllab-quvvatlashga umid uygʻotmoqda. Ikkinchi tomondan esa, Eron hukumatiga tartibsizliklarni «Vashington va Tel-Aviv taʼsiri» sifatida talqin qilish va oʻz tarafdorlarini safarbar etish imkonini bermoqda.

Shu munosabat bilan Liviya bilan oʻxshashliklar ham tilga olinmoqda. 2011 yilda Gʻarb davlatlari Bengozida namoyishchilarni himoya qilishdan boshlab, keyinchalik harbiy intervensiyaga oʻtib, Muammar Qaddafiyning agʻdarilishi va halokatiga olib kelgan edi.

Tramp maʼmuriyati Venesuela rahbari Nikolas Maduroga qarshi amalga oshirilgan operatsiyadan soʻng Eronga nisbatan ham keskin bayonotlar bermoqda va bu tahdidlar endi jiddiy qabul qilinmoqda.

Javob tariqasida Eron oliy rahbarining maslahatchisi Ali Shamxoni:
«Eron xavfsizligiga tajovuz qilgan har qanday qoʻl kesiladi», — deya bayonot berdi. Tahlilchilarga koʻra, AQSh bilan ochiq toʻqnashuv yuzaga kelsa, Eron mintaqadagi Amerika harbiy bazalariga zarba berish ehtimoli mavjud va bu butun Yaqin Sharqni keng koʻlamli mojaroga tortishi mumkin.

Inqiroz ostonasida

Hozirda Eronda barqarorlik juda nozik holatda. Aholi hukumatdan qoʻrqishni toʻxtatayotgan bir paytda, davlat kuch ishlatishdan qaytmasligini ochiq bildirmoqda. Ayrim kuzatuvchilar bu manzarada Qaddafiy va Asad davrlarini eslatuvchi jihatlarni koʻrmoqda.

Yaqin kunlarda Eron siyosiy elitasi qabul qiladigan qarorlar nafaqat mamlakatning, balki allaqachon beqaror holatda boʻlgan butun mintaqaning kelajagini belgilab berishi mumkin.

Muallif: Aziz SOLIYeV

Jahon

12.01.2026, 08:59

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQSh BMTning oziq-ovqat dasturiga 800 million dollar yordam ajratdi

AQSh Jahon oziq-ovqat dasturining eng yirik donori hisoblanadi. Biroq uning hissasi so'nggi yillarda ikki baravardan ko‘proqqa kamaygandi.

Jahon

17.06.2026, 17:29

O‘zbekistonda Amazon Leo interneti ishga tushadi

Amazon Leo va “UZ-SAT” o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Fan-texnologiya

17.06.2026, 16:50

G7 davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, Rossiyaga bosimni kuchaytiradi

“Katta yettilik” mamlakatlari yetakchilari 17-iyun kuni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yakdil ekanliklarini ma’lum qildi va Rossiya iqtisodiyotiga bosimni kuchaytirishga kelishib oldi. 

Jahon

17.06.2026, 12:26

Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida barpo etilayotgan “O‘zbek-turk do‘stligi” xiyoboniga yondosh bo‘lgan Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismiga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.

Oʻzbekiston

16.06.2026, 15:25

Jahon chempionati yurak xurujiga olib kelishi mumkin - tadqiqot

Milliy jamoangiz o‘yinini kuzatish yuragingizni xuddi qisqa masofaga yugurgandek tez urishiga sabab bo‘lishi, natijada esa jiddiy tibbiy xavflar kelib chiqishi mumkin. 

Fan-texnologiya

16.06.2026, 14:34

BMT Tolibonni ayollarga nisbatan tazyiqlarni bekor qilishga chaqirdi

Yangi rezolyutsiya Hirotda Tolibonning qat’iy kiyinish qoidalarini buzganlikda ayblanib  30 nafar ayol hibsga olinganidan so‘ng qabul qilindi. 

Jahon

16.06.2026, 10:55

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda

Buyuk Britaniya yirik texnologiyalarga qarshi kurash doirasida dunyoda kuzatilmagan keskin chorani tatbiq etish arafasida.

Jahon

15.06.2026, 15:55

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi

Qirg‘izistonda maktab bitiruvchilariga attestatlar 26-iyun kuni topshiriladi, bitiruv kechalari esa taqiqlanadi.

Ta'lim

15.06.2026, 14:23

Eron yadro quroli yaratmaydi, AQSH esa sanksiya qo‘llamaydi...

Eronlik mulozim Tehron va Vashington o‘rtasidagi tinchlik memorandumi o‘z ichiga nimalarni olganini ochiqladi.

Jahon

15.06.2026, 12:32

Tramp telefon orqali Putin va Zelenskiy bilan suhbatlashdi

14-iyun kuni Rossiyada dron hujumlari oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Buyuk Britaniya Rossiyaga qarashli tankerni qo‘lga oldi.  Shuningdek, Putin va Zelenskiy Tramp bilan telefon orqali gaplashdi.

Jahon

15.06.2026, 10:24

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi

13-kuni Hindiston harbiy-transport samolyoti mamlakatning olis shimoli-sharqidagi harbiy havo kuchlari bazasiga qo‘nayotib qulab tushdi.

Jahon

13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

Xorijiy va nodavlat universitetidan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, unga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Ta'lim

13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi

So‘rov kelasi payshanba kuni Ukraina mudofaasi bo‘yicha Muloqot guruhining yig‘ilishida bildiriladi.

Jahon

13.06.2026, 09:46

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi

Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi vatanidagi Ebola epidemiyasi sababli Yevropada uch hafta izolyatsiyada qolishga majbur bo‘lgach, nihoyat Jahon chempionati uchun AQShga yetib keldi.

Sport

12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda

Qozog‘istonda yangi konstitutsiyaviy modelga muvofiqlashtirish maqsadida, 1-iyuldan soliq kodeksidagi "Тенге" nomiga tuzatishlar kiritiladi.

Jahon

12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi

Yevropa Ittifoqi 2013–2024-yillar oralig‘ida afg‘onistonliklardan boshpana so‘rab topshirilgan bir millionga yaqin arizani qabul qilgan.

Jahon

12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts

Texnologiya milliarderining aytishicha, Epshteyn uning nikohdan tashqari munosabatlariga oid maxfiy ma’lumotlar bilan Geytsga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Jahon

11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino

FIFA rahbari somalilik hakamning AQShga kiritilmaganini izohlar ekan, o‘z tashkiloti hukumatlar siyosatiga aralasha olmasligini aytdi.  

Sport

11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi

Shri-Lankaning  yillik plastik chiqindilari hajmi – 250 000 metrik tonna. Biroq uning oz qismigina qayta ishlanadi. Chiqindilarning aksariyati poligonlar, suv havzalari va okeanga borib tushadi.

Jahon

11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi

Bitim bo‘yicha pilot dastur amalga oshirilib, Shvetsiya mehnat bozori ehtiyojlari o‘rganiladi, shved tili va kasbiy tayyorgarlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Oʻzbekiston

11.06.2026, 10:11

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →