Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 16:25

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida

2025 yilning 13 iyunidan 24 iyunigacha davom etgan Isroil va Eron oʻrtasidagi "12 kunlik urush" Yaqin Sharqdagi chalkash geosiyosiy vaziyatni, mintaqaviy yetakchilik uchun shiddatli raqobatni va mintaqa davlatlari uchun aniq bir tomonni tanlashning muhimligini yaqqol namoyon etdi. Yaqin Sharq oʻziga xos va shaxmat taxtasidagi har bir dona nozik ahamiyatga ega boʻlib, kutilmagan yurishlar va manyovrlarga tayyor turish lozim.

Afghanistan on the Geopolitical Chessboard of the Middle East

Xalqaro hamjamiyat eʼtibori mintaqaning bevosita aktorlariga, Gʻazo, Liviya va Suriyaga qaratilgan ushbu xavfli inqiroz sharoitida, mintaqaga nisbatan chetda joylashgan boʻlishiga qaramay, mazkur jarayonlarga tobora koʻproq aralashib borayotgan Afgʻonistonga ham eʼtibor qaratish oʻrinlidir. Isroil va Eron oʻz taʼsir doiralarini ham mafkuraviy, ham strategik jihatdan kengaytirishga intilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Janubiy va Markaziy Osiyo, jumladan Afgʻoniston, ayniqsa Eron uchun geosiyosiy raqobatning asosiy maydoniga aylanib bormoqda.

Natijada, Afgʻonistonning geografik va diplomatik oʻrni yana ham strategik ahamiyat kasb etishi mumkin, chunki mintaqaviy kuchlar Eronning sharqdagi taʼsirini muvozanatlashtirishga intilmoqda. Bu raqobat sarmoyalar, savdo yoʻllari, ommaviy axborot vositalari va gumanitar tashabbuslarida namoyon boʻlishi mumkin. Ayni paytda, Afgʻonistonning betarafligi va ichki siyosati hal qiluvchi ahamiyatga ega – ayniqsa, tashqi kuchlar uni bufer hudud yoki keng mintaqaviy kurashning strategik yoʻlagi sifatida koʻrayotgan bir vaqtda.

 

Manfaatlarga asoslangan munosabatlar

 

Dastlab Eron 2021 yilda Kobulda hokimiyatga kelgan Tolibon hukumati bilan rasmiy aloqalar oʻrnatishdan tiyildi. Biroq, keyinchalik u Afgʻoniston bilan bir qator masalalar – xavfsizlik, migratsiya, suv resurslari va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha amaliy hamkorlikka oʻtishga majbur boʻldi.

 

Birinchidan, Eronning Suriya, Livan va Falastindagi proksi guruhlarining kuchsizlanishi yoki yoʻq qilinishi Eronni yangi strategik ittifoqchilar, jumladan Afgʻonistonni izlashga majbur etdi. Afgʻoniston Suriya kabi strategik ahamiyatga ega boʻlmasa-da, Isroil bilan yangi mojaro yuz bergan taqdirda koʻngilli harbiy kuchlar yetkazib berish imkoniyatiga ega. Shu bois Eron afgʻon shialarini, xususan "Fotimiyun brigadasi" jangchilarini qayta jalb qilishga harakat qildi. Biroq Tolibon buni qatʼiyan rad etib, oʻz hududida uchinchi davlatlarga harbiy harakatlar oʻtkazish va jangchilarni yollashga ruxsat berish Afgʻoniston suverenitetiga tahdid solishini taʼkidladi. Boshqa tomondan, Tehron bilan yaqinlashuvni Kobulning Yaqin Sharqdagi yetakchi kuchlardan birini de-fakto tan olishga intilishi sifatida baholash mumkin. Bu esa Afgʻoniston tashqi siyosati va diplomatiyasida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. 2023 yil 7 oktabr kuni Gʻazo sektorida Isroil va HAMAS jangarilari oʻrtasida boshlangan urush Yaqin Sharqdagi geosiyosiy jarayonlarni yanada tezlashtirdi. Eron oʻzini "Islom qalqoni" sifatida koʻrsatib, butun urush davomida HAMASni qoʻllab-quvvatladi. Shu bilan birga, Afgʻoniston Eron bilan birdamligini bildirdi va Falastin xalqini qoʻllab-quvvatladi. 

 

Ikkinchidan, Eron Afgʻoniston bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga intildi. U Xaf-Hirot temir yoʻli va Chobahor porti kabi infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritdi. Xaf-Hirot temir yoʻl liniyasi Eronning ustuvor loyihalaridan biridir: u nafaqat byudjet daromadlarini oshiradi va Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi transport xarajatlarini kamaytiradi, balki mintaqada barqarorlik, xavfsizlik, ish oʻrinlari yaratish va umumiy iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga ham hissa qoʻshadi.

 

Chobahor porti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afgʻonistonni Hind okeani bilan bogʻlovchi, Sharq va Gʻarb, Janub va Shimolni tutashtiruvchi tranzit yoʻl sifatida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. "Tolibon"ning 2016 yilda Hindiston va Afgʻonistonning sobiq hukumati tomonidan boshlab qoʻyilgan Chobahor-Zahidon temir yoʻli loyihasini davom ettirishga tayyorligi, shuningdek, 35 million dollar miqdorida sarmoya kiritishni vaʼda qilishi Pokistonga qaramlikdan xalos boʻlish istagini koʻrsatmoqda. Biroq, 2025 yilda AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi qoʻllagan "maksimal bosim" siyosati tufayli Chobahor porti sanksiyalar taʼsiriga uchradi. Loyihaning istiqboli hamon noaniq. Umuman olganda, Eron-Afgʻoniston munosabatlarini gʻoyaviy ziddiyatlarni chetga surib, oʻzaro iqtisodiy va siyosiy manfaatlar asosiga qurilgan, deb taʼriflash mumkin.

 

Josuslar oʻyini

 

Bir qator Rossiya manbalarining xabar berishicha, 2025 yilning iyun oyida Eron-Isroil mojarosining kuchayishi Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarning yangi qirralarini ochib berdi. Eng tashvishli voqealardan biri Isroil maxfiy xizmati "Mossad" bilan bogʻliq katta josuslik tarmogʻining fosh etilishi boʻldi. Maʼlum qilinishicha, Tehronda Eron hududida buzgʻunchilik faoliyatini amalga oshirish uchun yollangan afgʻon fuqarolari guruhi qoʻlga olingan. Ularning aksariyati Qandahorlik pushtunlar ekanligi aniqlandi. Bu holat Eron hukumatini tashvishga soldi va Eron-Isroil inqirozi sharoitida "Tolibon" rejimining betarafligi shubha uygʻotdi.

Foto: Reporter

 

Xuddi shu manbalarga koʻra, Isroil maxfiy xizmati Afgʻoniston hududidan, ayniqsa Hirot viloyati va Shindand shahridan, Eronga dronlar va portlovchi moddalarni yetkazib berish uchun oʻtish yoʻli sifatida foydalangan boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumot oʻz tasdigʻini topsa, bu Isroil maxfiy xizmatining Eron hududiga chuqur kirib borish imkoniyatiga ega ekanligini va afgʻon muhojirlaridan buzgʻunchilik operatsiyalarida foydalanish mumkinligini koʻrsatishi mumkin.

 

Bunday voqealar Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi pragmatik hamkorlikka barham berishi va ularning tashqi siyosiy mavqelarining beqarorlashuviga olib kelishi mumkin. Bunga yaqqol misol - Erondan afgʻon qochqinlarining ommaviy chiqarib yuborilishini koʻrishimiz mumkin.  Xalqaro migratsiya tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil 1 iyundan 27 iyungacha taxminan 233 ming kishi mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Bu Afgʻonistonning savdo yoʻllari va iqtisodiy markazlarida tirbandlik, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining sezilarli darajada susayishiga sabab boʻldi.

Foto: The Hindu

 

Biroq, Eron-Afgʻoniston munosabatlarida kuchayib borayotgan ishonchsizlik va keskinlik har ikki tomon uchun ham muammolar keltirib chiqaradi. AQSh sanksiyalari tufayli Eron oʻz infratuzilmasidan toʻliq foydalana olmayapti va oʻzini Transafgʻon yoʻlagiga qayta yoʻnaltirishga majbur boʻlmoqda. Afgʻoniston uchun Eron logistikasi ham neft va gaz taʼminoti, ham asosiy tranzit markaziga aylanish istiqboli nuqtai nazaridan strategik ahamiyatga ega. 12 kunlik urush davrida Eron nefti eksportiga qoʻyilgan cheklovlar Afgʻonistonda yoqilgʻi narxining keskin koʻtarilishiga olib keldi.

 

Hozirgi sharoitda Afgʻoniston bir vaqtning oʻzida yangi imkoniyatlar va jiddiy tahdidlarga duch kelmoqda. Bir tomondan, barqarorlik va betaraflikni saqlab qolish orqali u transmintaqaviy savdo, energetika va diplomatiyada boʻgʻin sifatidagi rolini kuchaytirishi mumkin. Boshqa tomondan, mintaqaviy kuchlar oʻrtasidagi keskinlikning kuchayishi Afgʻonistonni geosiyosiy raqobat va axborot urushlariga tortishi mumkin, bu esa ichki birdamlikka putur yetkazish xavfini tugʻdiradi.

 

Xoʻjabekov Ubaydullo. 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti / 

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti

Mavzuga oid yangiliklar

Иран и Афганистан: новая волна депортации

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda

2025 yil iyun oyida Eron hududidan Afgʻonistonga 256 mingdan ortiq kishi qaytgan. Shu bilan birga, iyul oyida bu raqam yanada oshishi kutilmoqda. Keng koʻlamli deportatsiyalar Afgʻoniston iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzilmasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Siyosat

11.07.2025, 12:20

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi

“Amnesty international” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotining yillik hisoboti e’lon qilindi.

Jahon

21.04.2026, 11:26

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

AQSh rahbari Donald Tramp Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urush butunlay tugaganini eʼlon qildi. Uning aytishicha, dushanba yoki seshanba kuni asirlar almashinuvi boʻladi. Shuningdek, u Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi tinchlikka erish boʻyichagi Misrdagi imzolash marosimiga ham qatnashish niyati bor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 23:30

Isroil harbiylari yana tinch aholiga hujum qildi

Isroil harbiylari yana tinch aholiga hujum qildi

Kecha, 30 iyun kuni Isroil tomonidan Gʻazo shimoliga uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida 62 nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqda "Al Jazeera" telekanali xabar berdi.

Jahon

01.07.2025, 10:20

Asirlar qoʻyib yuborilmasa, Gʻazoda urush davom etadi — Netanyahu

Asirlar qoʻyib yuborilmasa, Gʻazoda urush davom etadi — Netanyahu

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu toʻrt soatlik Xavfsizlik kengashi yigʻilishidan soʻng eʼlon qilingan video bayonotida agar HAMAS 15 fevral, shanba kuni tushgacha asirlarni qoʻyib yubormasa, Isroil Gʻazoda shiddatli janglarni qayta boshlashini aytdi. Bu haqda "The Times of Isroil" nashri xabar berdi.

Jahon

12.02.2025, 11:38

Eron askarlari 250 dan ortiq afgʻonistonliklarni oʻldirdi

Eron askarlari 250 dan ortiq afgʻonistonliklarni oʻldirdi

Eron askarlari chegarani noqonuniy kesib oʻtmoqchi boʻlgan afgʻon muhojirlariga qarata oʻt ochdi. Bu haqida "Turkiye" nashri xabar berdi.

Jahon

17.10.2024, 14:45

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning kuchayayotgan harbiy tahdidlariga qarshi turish uchun atom suvosti kemalarini qo‘lga kiritishga intilmoqda.

Jahon

28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt

Ka'baning ichki tuzilishi, Kisvaning yaratilishi va uning asrlar davomida saqlanib kelayotgan an’analari haqidagi 10 ta qiziqarli fakt bilan tanishing.

Madaniy

27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs

O‘zbekistonda sel xavfi mavjud 60 ta yirik soy orqali yiliga 690 million kub metr suv samarasiz oqib ketmoqda.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi

Moskvaning ta’kidlashicha, agar Armaniston undan yuz o‘girib, Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashsa, arzon gazdan mahrum bo‘ladi.

Jahon

26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi

Shuningdek, endi tadbirkorlar kredit olish uchun barcha bank takliflarini yagona platformada ko‘ra olishi mumkin. Garovsiz mikrokredit limitini esa 200 million so‘mgacha oshirilish taklif etildi.

Iqtisodiyot

26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligi va “China Railway Construction Corporation” kompaniyasi rahbariyati Toshkent shahrida qo‘shimcha pulli avtomobil yo‘llari qurish loyihalarini muhokama qilishdi.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ayrim toifadagi talabalar va abituriyentlar uchun 10-iyunga qadar uzaytirildi 

Ta'lim

25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”

Joriy yilning 26-may — 1-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Oʻzbekiston

25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi

Dushanba kuni Pokistonda furgon to‘xtab turgan avtobusga urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Hayit arafasida uylariga qaytayotgan edi.

Jahon

25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →