Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

Yerevandagi Yevropa siyosiy hamjamiyati uchrashuvi Markaziy Osiyo uchun signalmi?

Armaniston MDH va Kollektiv xavfsizlikka a’zo bo‘la turib, Yevropa yetakchilari ishtirokidagi uchrashuvga mezbonlik qildi. Armanistonda Rossiya harbiy bazasining mavjudligi ham Zelenskiy tashrifiga to‘sqin bo‘lolmadi.

Yerevandagi Yevropa siyosiy hamjamiyati uchrashuvi Markaziy Osiyo uchun signalmi?

Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining 8-sammiti chuqurlashib borayotgan geosiyosiy ziddiyatlar fonida yuz berdi. Ayrim postsovet davlatlari, xususan, Ozarbayjon va Armaniston tashqi siyosiy yo‘nalishini Moskvadan uzoqlashtirayotgani namoyon bo‘lmoqda. Ushbu jarayonni Markaziy Osiyo davlatlari katta qiziqish bilan kuzatyapti.

4-may kuni butun postsovet hududi – Rossiya va Belarusdan tortib, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazgacha bo‘lgan nigohlar Yerevanga qaratildi.

Armenia turns 'towards Europe' as Macron highlights shift from Russia -  France 24

Hamon Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi bo‘lgan hamda ishtirokini to‘xtatib qo‘ygan bo‘lsa-da, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bilan rasman bog‘liq bo‘lib qolayotgan Armaniston Yevropa siyosiy yetakchilariga mezbonlik qildi.

Garchi sammitda Markaziy Osiyo yetakchilari qatnashmagan bo‘lsa-da, anjuman mintaqa uchun muhim signal bo‘ldi. Armaniston Moskva yetakchiligidagi tuzilmalar tarkibida qolgan holda Yevropa rahbariyatini qabul qila olishini isbotladi.

O‘zining ko‘p vektorli siyosatini yuritayotgan Markaziy Osiyo hukumatlari uchun ushbu sammit postsovet mamlakati Rossiyadan butunlay yuz o‘girmasdan turib, o‘z diplomatik imkoniyatlarini qanday kengaytira olishini ko‘rsatib berdi.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston esa Kollektiv xavfsizlik shartnomasida a’zoligini saqlab qolmoqda. Markaziy Osiyoning barcha besh davlati Moskva bilan aloqalarni davom ettirgan holda, Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Xitoy va Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

Turkiya nomidan vitse-prezident Javdat Yilmaz ishtirok etdi. U 2008-yilda o‘sha paytdagi prezident Abdulla Gulning tashrifidan so‘ng Armanistonga kelgan eng yuqori martabali turk rasmiysi bo‘ldi.

Turkiya va Ozarbayjon o‘zlarini Yevropaning ustuvor qarashlariga qarama-qarshi qo‘yib, sammitning asosiy geosiyosiy tafovutlaridan birini yuzaga keltirdi. Aliyev Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi va Yevropa Parlamenti bilan aloqalar to‘xtatilishini e’lon qilar ekan, keskin ohangda so‘zladi.

“Yevropa Parlamenti ayrim a’zo davlatlarning ksenofobiya, islomofobiya, antisemitizm, migratsiya, raqobatbardoshlik va uysizlik kabi tub muammolarini hal qilish o‘rniga, Ozarbayjonni nishonga olib, unga qarshi tuhmat va yolg‘on tarqatmoqda”, — dedi Aliyev. “Buning sababi shundaki, Ozarbayjon o‘z hududiy yaxlitligi va suverenitetini tiklab, separatizmga chek qo‘ydi hamda harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortdi”.

 

Pashinyan hopes to visit Azerbaijan; Aliyev congratulated him on hosting  the European Summit in Yerevan

Bunga javoban Yevropa Kengashi prezidenti António Costa keskinlikni yumshatishga urindi va sammitning Janubiy Kavkazda o‘tkazilayotgan ilk tadbir sifatida tarixiy ahamiyatga egaligi hamda Aliyevning ishtiroki mintaqadagi tinchlik sa’y-harakatlari ramzi ekanligini ta’kidladi.

Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va Nikolay Pashinyan XI asrga oid Ani ko‘prigini birgalikda tiklash bo‘yicha memorandum imzoladilar. Yilmaz Armanistonning Turkiya va Ozarbayjon bilan yaqinlashishi mintaqaviy barqarorlik hamda iqtisodiy integratsiyani ta’minlashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, strategik tranzit markazi hisoblangan Janubiy Kavkazda tinchlik o‘rnatilishi barcha tomonlar uchun birdek manfaatli bo‘ladi.

Yevropa yetakchilari sammitdan boshqa geosiyosiy ziddiyatlarni ham yoritish uchun foydalandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yana raqib sifatida tilga olindi.

Sammitga taklif etilgan Vladimir Zelenskiy yaqin oylar hal qiluvchi bo‘lishidan ogohlantirdi.

“Bu yoz Putin keyingi qadamlarini belgilab oladigan palla bo‘ladi. Biz uni diplomatiyaga majbur qilishimiz va sanksiyalarni yengillashtirishga rozi bo‘lmasligimiz kerak”, - dedi Zelenskiy.

 

Zelenskyy announces – in Armenia – talks with EU partners, financial  support for Ukraine - NEWS.am

Tadbirga Belarus muxolifati yetakchisi Sviatlana Tsixanouskaya ham taklif etilgani Yevropaning Minskka nisbatan pozitsiyasini yaqqol ko‘rsatdi.

Muhokamalarda, shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp, xususan, uning Yevropa Ittifoqi avtomobillariga tariflar joriy etish hamda Germaniyadagi AQSH harbiylari sonini sezilarli darajada kamaytirish rejalariga oid so‘nggi bayonotlari ham diqqat markazida bo‘ldi.

Makron sammitni Ukraina va Moldovadagi voqealar sababli yuz berayotgan kengroq “Yevropa uyg‘onishi”ning bir qismi sifatida ta’riflab, bu jarayonga Armanistonni ham qo‘shib o‘tdi.

“Ochig‘ini tan olaylik: sakkiz yil avval bu yerga hech kim kelmagan bo‘lardi. Sakkiz yil avval bu mamlakat muzokaralar stolida amalda Rossiyaning yo‘ldoshi sanalardi”, – dedi Fransiya prezidenti.

 

Еревандаги Европа сиёсий ҳамжамияти учрашуви Марказий Осиё учун сигналми?

Shunisi e’tiborliki, Armanistonda Rossiya harbiy bazalari mavjudligi sammitning o‘tkazilishiga ham, Zelenskiyning ishtirokiga ham to‘sqinlik qilmadi.

Yerevan sammiti yanada kengroq geosiyosiy o‘zgarishlar yuz berayotganini ko‘rsatdi. Buni Markaziy Osiyo uchun Armaniston taqlid qilishga arziydigan namuna sifatida tushunmaslik kerak.

Balki Yevropa Moskvadan xoli ravishda kengroq diplomatik makon izlayotgan postsovet davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini namoyon etmoqda.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ayrim toifadagi talabalar va abituriyentlar uchun 10-iyunga qadar uzaytirildi 

Ta'lim

25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”

Joriy yilning 26-may — 1-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Oʻzbekiston

25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi

Dushanba kuni Pokistonda furgon to‘xtab turgan avtobusga urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Hayit arafasida uylariga qaytayotgan edi.

Jahon

25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi

Mazkur kitob Rui Gonsales de Klavixo  yozgan mashhur o‘rta asr xronikasi – “Temur huzuriga elchilik” asari asosida yaratilgan. 

Madaniy

21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti

Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.

Jahon

21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi

1-iyuldan “Yagona davlat nazorati” tizimi ishga tushadi. Endi tadbirkor va mansabdor shaxs o‘rtasidagi muloqotlar nazorat qilinadi. Qoidabuzar tekshiruvchi esa “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.

Oʻzbekiston

21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti

Qisqartirishlardan tashqari, Instagram, Facebook va WhatsApp'ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi 6000 kishini ishga yollash rejalarini bekor qiladi hamda 7000 nafar xodimni sun’iy intellekt bilan bog‘liq ish jarayonlariga o‘tkazadi.

Iqtisodiyot

21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati

Markaziy Osiyoni ko‘pincha Rossiya imperiyasining xotiralari, Xitoyning ta’sir doirasi, Ipak yo‘li jozibasi yoki gigant davlatlar raqobati kabi tashqi qarashlar prizmasi orqali ko‘rishgan. Endi eski qolip darz ketib, mintaqa o‘z tarixini so‘zlab berishning yangi yo‘llarini kashf etyapti.

Madaniy

20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi

Yangi xalqaro tadqiqotga ko‘ra, juda kam yoki haddan tashqari ko‘p uyqu miya, yurak, o‘pka va immun tizimining qarishini tezlashtirishi hamda bir qator kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Madaniy

20.05.2026, 12:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →