Sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 avgust kuni sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish va tibbiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Siyosat
20.08.2025, 12:05
Ulashish:

Фото: Пресс-служба президента Республики Узбекистан
Bugun kasalliklarni davolashda katta yuklama respublika muassasalariga tushmoqda. Shu bois viloyat va tuman miqyosida xizmatlarni kengaytirib, tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish choralari koʻrilmoqda.
Shu maqsadda 1 ming 500 ta klinik protokol xalqaro talablarga moslashtiriladi va standart jarrohlik amaliyotlari ishlab chiqiladi. Eng keng tarqalgan kasalliklar boʻyicha bemorlar marshrutlari ishlab chiqiladi va raqamlashtiriladi.
Soʻnggi yillarda insult va infarktga olib keladigan gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabetning koʻpayishi kuzatilmoqda. Bunday holatlarning 85 foizi nogironlikka olib kelmoqda.
Shu bois birlamchi boʻgʻinda sunʼiy intellektni keng qoʻllagan holda ushbu kasalliklarning oldini olish va davolash boʻyicha yangicha protokol va yondashuvlarni joriy qilish taklifi bildirildi. Jumladan, EKG-telemetriya, telemeditsina, trombolizis terapiya, stentlash va tromboekstratsiya yoʻlga qoʻyiladi. Insult belgilarini erta aniqlash algoritmini ommalashtirish va aholiga oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Nevrologik kasalliklar va insultni samarali davolash maqsadida Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazi tashkil etiladi. Markaz uchun Toshkent shahrida 250 oʻrinli zamonaviy bino quriladi, unda yiliga 3 mingdan ortiq jarrohlik amaliyotini oʻtkazish imkoniyati boʻladi.
Markaz hamda Samarqand va Buxorodagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Yaponiyalik hamkorlar koʻmagida xalqaro standartlar boʻyicha erta reabilitatsiya xizmati joriy etiladi. 150 nafar mutaxassis xorijda malaka oshiradi. Loyiha uchun 150 million AQSh dollari yoʻnaltiriladi. Ushbu chora-tadbirlar nogironlik va mehnatga layoqatsizlikni kamaytirish imkonini beradi.
Shuningdek, amaldagi sogʻliqni saqlash tizimini xaritalash va raqamlashtirish, shu asosda tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish boʻyicha master-reja ishlab chiqish taklifi bildirildi. Bu ishlar doirasida yangi qurilish standartlari, poliklinika va kasalxonalarning namunaviy loyihalari shakllantiriladi, 210 ta sanitariya normasi qayta koʻrib chiqiladi.
Bugungi kunda aholining laboratoriya tahlillariga ishonchi birmuncha past. Laboratoriya xizmatining sustligi profilaktika va davolashni qiyinlashtirmoqda. Tuman darajasidagi 2800 ta poliklinikaga 1500 ta laboratoriya xizmat koʻrsatayapti, uskunalarning aksariyati eskirgan, ayrim tahlillar qoʻlda bajariladi.
Shu bois 2030 yil yakuniga qadar 198 ta markazlashgan laboratoriya tashkil etish, ichki va tashqi sifat nazoratini yoʻlga qoʻyish, jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, bepul tahlillar soni oshiriladi.
Professional va oliy tibbiy taʼlimni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Hamshiralar akademiyasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Professional tibbiyot akademiyasiga aylantirish taklifi bildirildi. Xalqaro hamkorlar bilan birga yangi dasturlar joriy qilinadi, hamshiralarni NCLEX imtihoni asosida xalqaro sertifikatlash yoʻlga qoʻyiladi. Oliy maʼlumotli hamshiralar tayyorlash yoʻnalishiga qabul kvotasi bosqichma-bosqich oshiriladi.
Bundan tashqari, barcha oʻquv dasturlari xalqaro tashkilotlar talablari asosida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi, oilaviy tibbiyot boʻyicha integratsiyalashgan taʼlim dasturi va bir yillik internatura joriy etiladi. "Bemor yonida" oʻqitish ulushini oshirish, bilimlarni baholashning ikki bosqichli tizimi hamda tibbiyot xodimlarini roʻyxatga olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.
Alohida yoʻnalish jamoat salomatligi bilan bogʻliq. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi faoliyatini yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasiga, onalar va bolalar oʻlimini kamaytirishga, jarohatlanishning oldini olishga yoʻnaltirish taklif etilmoqda. Buning uchun yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi boʻyicha milliy dastur ishlab chiqiladi.
Qon xizmatini takomillashtirish masalasi ham dolzarb. Bu borada 2026-2030 yillarga moʻljallangan dastur qabul qilinib, tibbiyot muassasalarining qon bilan taʼminlanganligi 100 foizga yetkaziladi. Qon preparatlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Qon xavfsizligini taʼminlashning zamonaviy usullari, jumladan, viruslarni inaktivatsiya qilish va nurlantirish joriy etiladi. Bu oʻlim holatlarini kamaytirish va qonga ehtiyojni taʼminlash imkonini beradi.
Mamlakatimiz farmatsevtika bozori bugungi kunda 2 milliard dollardan oshgan. Islohotlar aholini sifatli, xavfsiz va samarali dori vositalari bilan taʼminlashga qaratilgan.
Bu yoʻnalishda, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mezonlarini inobatga olgan holda, dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishda tan olish tartibi joriy etiladi. Jeneriklarning bioekvivalent sinovlari oʻtkaziladi, tibbiy buyumlarni ularning xavfsizlik sinflari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishning tabaqalashtirilgan tizimi qoʻllaniladi. Bu borada faoliyatni boshlash uchun xabardor qilish tartibi joriy etiladi.
Shartnoma asosida ishlab chiqarish va texnologiyalar transferi rivojlantiriladi, farmnazoratning zamonaviy mexanizmlari tatbiq qilinadi.
Prezidentimiz bildirilgan takliflarni maʼqullab, tegishli hujjatlarni imzoladi. Belgilangan vazifalar ijrosini tizimli va sifatli taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Siyosat
20.08.2025, 12:05
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi
Siyosat
24.10.2025, 21:17

Kosmik sohadagi ishlar prezident ishtirokida koʻrib chiqildi
Oʻzbekiston
17.10.2025, 10:27

Muhammad Abunayyan: “Oʻz xalqini Siz kabi sevadigan davlat rahbarini uchratmadim”
Oʻzbekiston
16.10.2025, 16:03

Prezident “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi
Iqtisodiyot
16.10.2025, 10:42

Shavkat Mirziyoyev BMT 80 yilligiga bagʻishlangan tadbirda qatnashadi
Siyosat
19.09.2025, 09:00

Shavkat Mirziyoyev OTB bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 10:30
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05
So'nggi yangiliklar

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33

Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi
Jahon
20.05.2026, 10:37

Lotin Amerikasiga yo‘l: Rio-de-Janeyroda O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi ish boshladi
Iqtisodiyot
19.05.2026, 17:08

Umumiy sun’iy intellekt poygasi: sohada AQSH kuchlimi yoki Xitoy?
Fan-texnologiya
19.05.2026, 15:55

Toshkentda JAC Motors avtomobil zavodi ishga tushirildi
Iqtisodiyot
19.05.2026, 10:10

Endi o‘zbekistonliklar Italiya qishloq xo‘jaligida ishlashi mumkin
Oʻzbekiston
19.05.2026, 09:32

Bolalarni himoya qilish tizimi yangilandi: jinoyat va ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi
Oʻzbekiston
18.05.2026, 17:46

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirdi
Jahon
18.05.2026, 16:24

Toshkentda Xalqaro migratsiya forumi boshlandi: 40 dan ortiq davlatdan 600 vakil ishtirok etmoqda
Oʻzbekiston
18.05.2026, 12:24

Eron mojarosidan global kompaniyalar 25 mlrd dollar ziyon ko‘rdi
Jahon
18.05.2026, 11:57

Kongo va Ugandada Ebola epidemiyasi tarqaldi
Jahon
18.05.2026, 09:56

Turkiy davlatlar rahbarlari Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilishdi
Madaniy
15.05.2026, 16:18

“Eron urushini davom ettirishdan ma’no yo‘q” – Xitoy
Jahon
15.05.2026, 10:55

Chorvachilikni rivojlantirishda yangi qadam
Oʻzbekiston
13.05.2026, 17:22

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun
Oʻzbekiston
13.05.2026, 14:42

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?
Jahon
12.05.2026, 15:09

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etadi
Oʻzbekiston
12.05.2026, 11:25

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi
Iqtisodiyot
11.05.2026, 16:08
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05
