Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 12:22

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi

Kanadalik xonanda Devid Keroll "aybi" oʻzbekistonlik boʻlgan Suhrob Ubaydulayevni samolyotga chiqishiga ruxsat bermagan WizzAir loukasteri haqida qoʻshiq bastalab, unga klip ham suratga oldi va “Yutub”ga qoʻydi.

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi

Bloger Shahnoza Soatovaning yozishicha, kanadalik mashhur qoʻshiqchi Devid Keroll  2008 yili “United airlines” aviakompaniyasi qimmat ($3500) gitarasini sindirib, tovon toʻlab bermagani uchun bu haqda qoʻshiq yozib, “Yutub”ga chiqargan va kompaniyaning 180 million dollar zarar koʻrishiga sababchi boʻl. Uning ushbu ishi bilan jahon aviatsiyasida mijozlar bilan ishlash strategiyasining tubdan oʻzgarishiga sababchi boʻlgan.

Ushbu xonanda bu safar yurtdoshimiz, kosonsoylik Suhrob Ubaydullayev va uning WizzAir aviakompaniyasi bilan mojarosi haqida qoʻshiq kuyladi.

Suhrobni 2023 yil avgustida Rimdagi aeroportda WizzAir kompaniyasi samolyot bortiga chiqarmagan — shunchaki oʻzbekistonlik boʻlgani uchun! Natijada Abu Dabi orqali tranzit bilan uchayotgan talabaning chiptalari kuyib ketgan, bir hafta yurtma-yurt sarson boʻlib, qarzga botib, arang uyiga yetib kelgan. 

Aviakompaniya oʻzbekistonlik yigitni bortga besabab chiqarmagani yetmagandek, pulini ham qaytarib bermagan. 

“Bu bedodlikka chek qoʻyish kerak”, – deb yozadi Shahnoza Soatova. Uning qoʻshimcha qilishicha, Suhrob Wizzair’ni Yevropa sudiga bergan. Devid Keroll esa uni qoʻllab qoʻshiq yozibdi va klip suratga olgan. 

Wizz Air — 2003 yilda taʼsis etilgan Vengriya loukasteri boʻlib, 50 dan ortiq davlatga, shu jumladan, Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirgan. Arzon aviakompaniya joriy yil sentabridan Samarqand va Toshkentga parvozlarni bekor qildi. Soʻnggi yillarda yoʻlovchilar huquqlari, kechiktirilgan parvozlar va xizmat koʻrsatish standartlari boʻyicha kompaniya atrofida bir qator bahs va tanqidlar kuzatilgan.

 

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida

Qamoqda saqlanayotgan  tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti  sovrindori Narges Muhammadiy yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda.

Jahon

06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi

Muxlislarning tanqidlari kuchayib borayotgan bir paytda Infantinoning aytishicha, juda baland narxlar Jahon chempionatini tomosha qilishga bo‘lgan talabni aks ettiradi.

Sport

06.05.2026, 16:09

Yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18 milliard dollarga yetdi

Joriy yilning ilk choragida O‘zbekiston jahonning 170 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.

Iqtisodiyot

06.05.2026, 14:58

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Ukrainaning biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vakillari Ukrainadagi yirik kompaniyalar rahbarlari va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston

06.05.2026, 14:20

Sobiq birinchi xonimning qamoq muddatini uzaytirgan janubiy koreyalik sudya o‘lik holda topildi

Mahalliy OAV marhum o‘limidan oldin xat qoldirgani haqida xabar bergan, biroq tergovchi buni rad etdi. 

Jahon

06.05.2026, 13:51

Yerevandagi Yevropa siyosiy hamjamiyati uchrashuvi Markaziy Osiyo uchun signalmi?

Armaniston MDH va Kollektiv xavfsizlikka a’zo bo‘la turib, Yevropa yetakchilari ishtirokidagi uchrashuvga mezbonlik qildi. Armanistonda Rossiya harbiy bazasining mavjudligi ham Zelenskiy tashrifiga to‘sqin bo‘lolmadi.

Siyosat

06.05.2026, 12:46

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatini Xitoy va Hindiston ko‘rolmasligi mumkin

FIFA Jahon chempionati boshlanishiga bir necha hafta qolgan bo‘lsa-da,  Xitoy va Hindistonda media huquqlarini sotish bo‘yicha muzokaralar hali tugamaganini ma’lum qildi.

Sport

05.05.2026, 15:59

Trampning “Ozodlik loyihasi” – bu boshi berk ko‘cha loyihasidir - Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri AQShni, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarini ham ogohlantirdi.

Jahon

05.05.2026, 13:24

Rossiya 9-mayga “jiddiy bo‘lmagan” sulh e’lon qildi

Rossiya 4-may kuni Ukrainaning Merefa shahriga ballistik raketa orqali zarba berdi, oqibatda yetti kishi halok bo‘ldi. Endi esa Moskva G‘alaba kunini tinch nishonlash maqsadida 8-9-may kunlari uchun vaqtinchalik sulh taklif qilmoqda. 

Jahon

05.05.2026, 11:20

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi

Samarqandda davom etayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishida bank rahbari Masato Kanda nutq so‘zladi.

Oʻzbekiston

04.05.2026, 16:40

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi

3-may kuni Niderlandiyaning Oceanwide Expeditions kompaniyasi o‘zining MV Hondius ekspeditsiya kemasida “o‘ta og‘ir tibbiy vaziyat” yuzaga kelganini ma’lum qildi.

Jahon

04.05.2026, 15:06

Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi taqiqlar

Avtotransport vositalarini ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkalaridagi gazonlar ustiga, xiyobonlarga, bolalar maydonchalariga, trotuarlarga, kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish taqiqlanadi.

Oʻzbekiston

02.05.2026, 17:54

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi

2027-yilning mart oyida topshiriladigan navbatdagi “Oskar” taqdirlash marosimiga oid yangi qoida joriy etildi.

Madaniy

02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq

Yarim tunda London markazida noma’lum haykal paydo bo‘ldi — ertalab esa uning ortida dunyoga mashhur sirli rassom Benksi turgani ochiqlandi.

Madaniy

01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi

19-aprel kuni isroillik askarning Iso Masih ramzi bo‘lgan haykalni sindirib ketgani bilan bog‘liq munozaralar tinchib ulgurmagan bir paytda, Isroil nasroniylarga qarshi yana bir nafrat jinoyati bilan kun tartibiga chiqdi.

Jahon

01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi

Respublikada 150 ming kilometrdan ortiq daryolar, soylar va kanallar bor. Ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishning katta qismi hamon tabiiy gaz va ko‘mirga bog‘liq. Gidroenergiya ulushi esa 10-12 foiz atrofida.

Iqtisodiyot

01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi

5 yil muqaddam sodir bo‘lgan o‘sha portlashda 13 nafar AQSh harbiysi va 160 nafarga yaqin afg‘onistonlik tinch aholi vakili halok bo‘lgandi.

Jahon

01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish payshanba kuni Vashingtonning mablag‘larni ajratishga shartlar qo‘ygani haqidagi xabarlardan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarning ushbu jahon tashkilotidan milliardlab dollar qarzi “muzokara qilinmasligi”ni ta’kidladi.

Jahon

01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi

Seshanba kuni AQSh ommaviy axborot vositalari Pentagon maxfiy operatsiyalarda Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini xabar qildi.

Fan-texnologiya

30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda

Zelenskiy Ukraina rasmiylariga Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifi yuzasidan Tramp jamoasi bilan bog‘lanishni topshirdi.

Jahon

30.04.2026, 17:30

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →