Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Rossiya axborot maydonida Markaziy Osiyo suverenitetiga nisbatan xavfli signallar koʻpaymoqda: Solovyovning “maxsus harbiy operatsiya” oʻtkazish haqidagi chaqiriqlari va Duginning “milliy davlatlar tugadi” degan bayonoti. Rossiya TIV esa bu chiqishlarni “shaxsiy fikr” sifatida baholamoqda.
Siyosat
19.01.2026, 18:06
Ulashish:

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 2026 yil 15 yanvar kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi brifingda teleboshlovchi va provokatsion chiqishlari bilan tanilgan Vladimir Solovyovning Markaziy Osiyo va Armanistonda Ukrainadagiga oʻxshash “maxsus harbiy operatsiya” oʻtkazish haqidagi chaqiriqlari yuzasidan berilgan savolga odatdagidek mavzu mohiyatidan chetlab javob berdi.
Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova ushbu bayonotlarni tanqid qilgan jamoatchilik va ekspertlarni vaziyatni sunʼiy ravishda boʻrttirib koʻrsatishda aybladi. Uning taʼkidlashicha, Solovyovning fikrlari jurnalistning shaxsiy qarashlari boʻlib, ular Rossiya Federatsiyasining rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi.
“Bu jurnalistning shaxsiy fikri. Fikr shaxsiy kanalda bildirilgan. Men iqtiboslarni oʻqidim va kontekstdan yulib olingan iboralarga tayanmayman. Bu holatga javob berish mening vazifam emas”, — dedi Zaxarova.
“Shaxsiy fikr” argumenti — ilk bor emas
Shunga oʻxshash holat 2024 yil yanvar oyida ham kuzatilgan edi. Oʻshanda NTV telekanalida tarixchi Mixayl Smolin oʻzbeklar millat sifatida kech shakllangani haqida bahsli fikr bildirgan, Rossiya TIV esa bu soʻzlarni ham “shaxsiy fikr” sifatida izohlagan edi.
Zaxarova bu safar ham oʻz pozitsiyasini bir nechta dalillar bilan asoslashga urinib, Solovyovning gaplari davlat telekanalida emas, balki “Solovyov LIVE” xususiy platformasida aytilganini qayd etdi. Shuningdek, u mazkur chiqishda qatʼiy bayonot emas, balki ritorik savol shaklidagi mulohaza borligini taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, muammo Solovyov bayonotlarida emas, balki ularni kontekstdan yulib olib, Rossiyaning rasmiy pozitsiyasi sifatida talqin qilayotgan “divan tahlilchilari”dadir.
Zaxarova bunday talqinlarni ochiq provokatsiya deb atab, ular Rossiyaning sobiq SSSR davlatlariga nisbatan goʻyoki “tajovuzkor niyatlari” borligi haqida asossiz xavotir uygʻotishga qaratilganini bildirdi.
Dugin bayonoti fonidagi yangi savollar
Bu munosabat fonida Rossiyalik siyosiy mafkurachi Aleksandr Duginning soʻnggi bayonotlari ham alohida eʼtiborga tushmoqda. Dugin milliy davlatlar suvereniteti tugaganini iddao qilib, “milliy davlatlar — oʻtmish” ekanini ochiq aytdi.
Uning fikricha, milliy davlatlar vaqtinchalik hodisa boʻlib, kelajak “imperiyalar”ga tegishli. Bu esa, ekspertlar bahosiga koʻra, Oʻzbekiston va boshqa mustaqil davlatlar suverenitetini inkor etuvchi xavfli mafkuraviy signal sifatida qabul qilinmoqda.
Eʼtiborli jihati shundaki, Duginning bu bayonoti Solovyovning Markaziy Osiyoda “maxsus harbiy operatsiya” oʻtkazish haqidagi chaqiriqlaridan koʻp oʻtmay yangradi.
Ochiq qolgan savollar
Rossiya rasmiylari har gal bunday chiqishlarni “shaxsiy fikr” bilan cheklayotgan bir paytda, qator muhim savollar ochiq qolmoqda:
— Oʻzbekiston bunday ochiq mafkuraviy tahdidlarga qachon va qanday munosabat bildiradi?
— Bu bayonotlarga nisbatan diplomatik nota yoki rasmiy izoh beriladimi?
— Kimnidir “persona non grata” deb eʼlon qilish uchun yana nechta shunga oʻxshash chiqishlar yangrashi kerak?
Kuzatuvchilarga koʻra, Rossiya axborot makonida tez-tez uchrayotgan tajovuzkor ritorika uchun davlatning masʼuliyatdan oʻzini chetga olishi, bu kabi bayonotlarning oldini olish yoki ochiq qoralash niyati yoʻqligini yana bir bor namoyon qilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekiston Gvineya-Bisau va Ruanda bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
Siyosat
24.04.2026, 13:49

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar
Jahon
24.02.2026, 14:06

Yana bir rossiyalik mafkurachi Markaziy Osiyo suvereniteti borasida keskin fikr bildirdi
Siyosat
19.01.2026, 10:17

Sankt-Peterburgda migrantlarga taqiq ortidan taksi narxlari oshdi
Jahon
10.11.2025, 17:53

Sergey Mironov: "Til bilmaslikni bahona qilib davlatdan chiqarib yuborish — bu haqiqiy fashizm"
Jahon
25.10.2025, 14:51
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
So'nggi yangiliklar

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati
Madaniy
20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
