Senat: Kattaqoʻrgʻon shahri hududi kengaytiriladi
Shahar hududining kengayishi natijasida Kattaqoʻrgʻon oʻrta shaharlar toifasidan katta shaharlar toifasiga oʻtkazilib, urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtirish imkoni yaratiladi.
Oʻzbekiston
07.09.2025, 12:45
Ulashish:

Senat yalpi majlisida Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahri, Kattaqoʻrgʻon va Nurobod tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi.
Ushbu masala aholiga munosib yashash sharoitini yaratish, buning uchun muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, shuningdek, ijtimoiy soha (maktab, bogʻcha, kasalxona) obʼektlarini barpo etish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Taʼkidlanganidek, Kattaqoʻrgʻon shahri Samarqand viloyatining geografik nuqtai nazardan shimoliy-gʻarbida joylashgan boʻlib, bugungi kunda shahar aholisi soni qariyb 95 ming kishini, umumiy yer maydoni 4,4 ming gektarni tashkil etadi.
Shahar aholisining oʻsish surʼati oxirgi 5 yilda har yili oʻrtacha 1,1 ming kishini tashkil etmoqda. Bundan tashqari, Kattaqoʻrgʻon shahrida doimiy roʻyxatdan oʻtmagan 4 mingga yaqin aholi va talabalar istiqomat qiladi. Aholi zichligi 1 kvadrat kilometr maydonga 9,5 kishiga toʻgʻri kelib, Samarqand viloyati boʻyicha aholisi eng zich joylashgan hudud hisoblanadi.
Shu bois, Senat qarori loyihasida Kattaqoʻrgʻon shahar hududini kengaytirish maqsadida unga chegaradosh boʻlgan Kattaqoʻrgʻon tumanidan 1,9 ming gektar va Nurobod tumanidan 971 gektar, jami 2,9 ming gektar yer maydonini shahar tarkibiga oʻtkazish, shuningdek, Nurobod tumanining Kattaqoʻrgʻon tumani bilan chegaradosh boʻlgan hududlaridan 600 gektar yer maydonini Kattaqoʻrgʻon tumaniga oʻtkazish nazarda tutilmoqda.
Shahar hududining kengayishi natijasida Kattaqoʻrgʻon oʻrta shaharlar toifasidan katta shaharlar toifasiga oʻtkazilib, shahar aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish, xususan, yangi infratuzilma obʼektlari hamda koʻp qavatli turar joy komplekslari barpo etish, urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtirish imkoni yaratiladi. Yangi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obʼektlari tashkil etiladi hamda qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi.
Xususan, 50 gektar maydonda “Urgut” erkin iqtisodiy sanoat zonasi filiali, shuningdek, 30 gektarda 3 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Muhokama yakunida mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston
07.09.2025, 12:45
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
So'nggi yangiliklar

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi
Iqtisodiyot
26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
