Mirziyoyev Rossiyadan Toshkentga qaytdi. Ikki kunlik tashrifdan nimalar maʼlum?
Joriy yilning 7 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga amaliy tashrif bilan uchgandi. Kecha, 8 oktabr kuni Mirziyoyevning tashrifi yakunlanib, u Oʻzbekistonga qaytdi. Xoʻsh, mazkur qisqa muddatli bordi-keldida nimalar muhokama qilindiyu, nimaga kelishib olindi?..
Oʻzbekiston
09.10.2024, 10:02
Ulashish:

Mirziyoyev Rossiyadan Toshkentga qaytdi. Ikki kunlik tashrifdan nimalar maʼlum?
Joriy yilning 7 oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev mingan samolyot Moskvaning "Vnukovo" aeroportiga borib qoʻndi. Davlat rahbarini aeroportda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Prezident matbuot xizmati ochiqlagan maʼlumotlarga koʻra, tashrifning birinchi kuni shunday yakunlangan. Ertasi kuni, yaʼni 8 oktabrda Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etgan.

Tadbir Rossiya Prezidenti Vladimir Putin raisligida boʻlib oʻtgan. Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, shuningdek, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etgan.

Mirziyoyev sammitda nutq soʻzlab, nutqida Rossiyaning MDH raisligi davrida koʻp tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida rivojlanganini yuqori baholab, mamlakatlarining xavfsizligi va barqaror rivojlanishini taʼminlash bilan bogʻliq vaziyatga alohida eʼtibor qaratishi kerakligini taʼkidlagan. Shuningdek, Prezident MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari va vakolatli idoralarining tizimli hamkorligini yoʻlga qoʻyish, bugungi tahdidlarga qarshi kurashish usullarini takomillashtirish, kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida kelishilgan choralar hamda dasturiy hujjatlarni qabul qilish muhimligiga eʼtibor qaratish kerakligini bildirgan.

Sammitda Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 16 foizga oshgani ham tilga olingan hamda 2025 yil bahorida Toshkent shahrida "Innoprom" xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida MDH Iqtisodiy kengashi yigʻilishi va Innovatsion rivojlanish forumini oʻtkazish taklif etilgan. Shuningdek, MDH mamlakatlari yetakchi tahliliy markazlarining Toshkent konferensiyasi boʻlib oʻtganida internet texnologiyalari va "katta maʼlumotlar" industriyasini rivojlantirish, raqamli yechimlarni joriy etish, kreativ iqtisodiyot, yashil energetika va yadro texnologiyalari, iqlim muammolarni oʻrganish muhokama qilingani ham tadir davomida keltirib oʻtilgan.

Bundan tashqari, sammit qatnashuvchilari tomonidan Samarqand shahrida sunʼiy intellektni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan MDH mamlakatlari ekspertlari va tahlilchilarining uchrashuvlarini oʻtkazish taklif etilgan. Gumanitar almashinuvlarni kengaytirish maqsadida Hamdoʻstlik davlatlari madaniyati kunlarini oʻtkazish kerakligi ham bildirilgan. Shu bilan birga, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sanʼat, kino, turizm va sport sohalarida qoʻshma tadbirlar dasturini har yili tayyorlash zarurligi bildirilgan.
Sammitda Oʻzbekistonda shaxmat va futbol boʻyicha yoshlar jamoalari oʻrtasida MDH ochiq kubogi musobaqalari oʻtkazilishi rejalashtirilayotgani maʼlum qilingan. Tadbir yakunida esa Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni 2025 yilda tashkilotga raislikni qabul qilgani bilan tabriklagan. Hamda MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha bir qator bitim va qarorlar qabul qilingan. Biroq mazkur qarorlar nimalarni tashkil etilishi hanuz ochiqlanmadi.

Shu bilan Oʻzbekiston rahbarining Moskva shahriga qilgan tashrifi yakunlandi. Davlat rahbari Toshkentga keldi. Uni "Vnukovo" xalqaro aeroportigacha Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov hamda boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻygan.
Mavzuga oid yangiliklar

Zelenskiyning taklifi Putinga yetkazildi – Kreml
Jahon
05.06.2026, 16:01

Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi
Jahon
05.06.2026, 11:49

Rossiya Leningrad viloyatiga qilingan dron hujumlarini qaytarmoqda
Jahon
03.06.2026, 11:35

Pushkin Navoiyning qoshiga kelib, Uzr so‘rab turar!..
Madaniy
03.06.2026, 17:16

Fransiya harbiylari Rossiya neft tankerini to‘xtatdi
Jahon
01.06.2026, 11:25

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40
So'nggi yangiliklar

Odamizod bu dunyodan o‘tib borar — Ibrohim G‘afurov vafot etdi
Madaniy
06.06.2026, 18:01

Isroilning 2 nafar vaziriga Irlandiyaga kirish taqiqlandi
Jahon
06.06.2026, 15:20

Yil boshidan beri poytaxtda uylar narxi qanday o‘zgardi?
Oʻzbekiston
06.06.2026, 15:00

JCH-2026 “Oltin butsa”si kimga nasib qiladi — Mbappe, Ronaldu, Messi, Keyn?
Sport
06.06.2026, 11:37

Ukraina hujumlari oqibatida 5 nafar Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon
05.06.2026, 16:48

Zelenskiyning taklifi Putinga yetkazildi – Kreml
Jahon
05.06.2026, 16:01

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi
Jahon
05.06.2026, 11:49

Xitoyda chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlari xavfli deb topildi
Oʻzbekiston
05.06.2026, 10:31

Buxoroda 508 million so‘mlik qalbaki dori vositalari aniqlandi
Oʻzbekiston
04.06.2026, 17:11

Xitoy Tayvanga tashrif buyurganlarga sanksiya qo‘llayapti
Siyosat
04.06.2026, 15:41

Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon
04.06.2026, 12:22

Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun eshik ochilmoqda
Jahon
04.06.2026, 11:25

Toshkentdagi qurilish obyektlariga yangi talablar joriy etilmoqda
Oʻzbekiston
03.06.2026, 18:00

Pushkin Navoiyning qoshiga kelib, Uzr so‘rab turar!..
Madaniy
03.06.2026, 17:16

G‘azodagi urushni “genotsid” deb atagan jarroh AQSH Kongressiga nomzod bo‘ldi
Jahon
03.06.2026, 16:26

Liviyada futbol klubiga ilk bor ayol kishi rahbar bo‘ldi
Sport
03.06.2026, 14:50

Rossiya Leningrad viloyatiga qilingan dron hujumlarini qaytarmoqda
Jahon
03.06.2026, 11:35

Finlandiya yadroviy chiqindilarni 100 ming yil saqlovchi ombor qurmoqda
Jahon
03.06.2026, 10:06

“Devorga yopishtirilgan banan” — 5,8 million yevrolik asar yana o‘g‘irlandi
Madaniy
02.06.2026, 15:24
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40
