Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga bir qator havo zarbalari yoʻlladi
Zarbalar husiylar yetakchisi Abdulmalik al-Husiy nutq soʻzlayotgan vaqtda amalga oshirilgan.
Jahon
29.08.2025, 18:41
Ulashish:
Isroil armiyasi Yamanning «Ansarulloh» (husiylar) harakati nazoratidagi poytaxti Sana shahriga 10 dan ortiq havo zarbasini berdi. Bu haqda «Al-Masira» telekanali xabar berdi.
«Anadolu» agentligi maʼlumotlariga koʻra, zarbalar husiylar yetakchisi Abdulmalik al-Husiy nutq soʻzlayotgan vaqtda amalga oshirilgan. Poytaxtning bir nechta tumanlarida kuchli portlashlar sodir boʻlgan. Isroilning KAN davlat telekanali xabar berishicha, zarbalarning maqsadi husiylar harakatining «muhim shaxslari» boʻlgan.
Isroil armiyasining rasmiy bayonotida aytilishicha, havo zarbalari Yaman poytaxtidagi husiylarga tegishli obʼektlarga qaratilgan.
Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats armiyaning boshqaruv markazidan shaxsan operatsiyani kuzatgani haqida vazirlik maʼlum qildi.
Kats taʼkidlashicha, Eron qoʻllab-quvvatlayotgan husiylarga Isroil tomonidan bir necha bor ogohlantirish berilgan. «Kimki Isroilga qarshi qoʻl koʻtarsa, ogʻir oqibatlarga duch keladi», — dedi vazir.
Hozircha havo zarbalari oqibatida halok boʻlganlar yoki yaralanganlar haqida maʼlumot yoʻq.
Mavzuga oid yangiliklar

Isroil Eronga harbiy zarba berdi
Jahon
28.02.2026, 12:40

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan
Jahon
23.02.2026, 09:15

Eronda namoyishchilar Isroil ramzlari tushirilgan «Baal» haykalini yoqib yubordi
Jahon
12.02.2026, 12:34

Isroil Gʻazoda majburiy evakuatsiyani boshladi
Jahon
22.01.2026, 12:35
Gʻazoga zarbalarni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvga qaramay Isroil hujumlarni davom ettirdi
Jahon
09.10.2025, 17:08
Isroil armiyasi Gʻazo shahridagi Rantisi bolalar shifoxonasiga zarba berdi
Jahon
18.09.2025, 10:05
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
So'nggi yangiliklar

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati
Madaniy
20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33

Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi
Jahon
20.05.2026, 10:37

Lotin Amerikasiga yo‘l: Rio-de-Janeyroda O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi ish boshladi
Iqtisodiyot
19.05.2026, 17:08

Umumiy sun’iy intellekt poygasi: sohada AQSH kuchlimi yoki Xitoy?
Fan-texnologiya
19.05.2026, 15:55
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
