Donald Trampning Oʻzbekistonga tashrifi: strategik manfaatlar va diplomatik signallar ortidagi haqiqat

Donald Trampning Markaziy Osiyoga, xususan Oʻzbekistonga tashrif buyurishi ehtimoli hanuz dolzarb boʻlib qolmoqda. Rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, mavjud diplomatik vaziyat va strukturaviy omillar bunday tashrifning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp

Shavkat Mirziyoyevning Donald Trampga yuborgan rasmiy taklifi va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligining yuqori darajadagi diplomatik delegatsiyalari orqali bu taklifni ikkinchi marta tasdiqlangani, AQSh tomonining ijobiy javobi bilan bir qatorda, muhim diplomatik signal sifatida qaraladi. AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenikning bayonoti — Oq uy bu taklifni "jiddiy koʻrib chiqayotgani" haqida — bu tashrifning reallashish ehtimolini oshiradi.

 

Bunday takliflar ikki tomonlama aloqalarning "klassik" bosqichidan "strategik aloqalar" bosqichiga oʻtganini anglatadi. AQShning bunday diplomatik takliflarni rad etmasligi yoki javobsiz qoldirmasligi — ayniqsa strategik jihatdan muhim mintaqalar boʻyicha — AQSh tashqi siyosatining "pragmatik" ruhidagi siyosati sifatida qaraladi.

 

Tramp maʼmuriyatining 2025-yilgi tashqi savdo siyosatida 10 foizlik global boj stavkasi joriy etilmoqda, bu esa AQShning savdo strategiyasini proteksionistlik yoʻnalishga burmoqda. Biroq, aynan Oʻzbekiston bilan savdo hajmining 2024 yilda 881 million AQSh dollardan oshgani, AQSh uchun Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng faol savdo sheriklaridan birini tashkil etayotganini koʻrsatadi. Bu iqtisodiy oʻsish — Oʻzbekistonga AQSh investitsiyalarini kiritish va xorijiy investorlar uchun strategik joylashuvni baholash nuqtai nazaridan — tashrif uchun muhim iqtisodiy fon ham yaratmoqda.

 

Oʻzbekiston bilan AQSh oʻrtasida kamyob yer elementlari (metallar) va strategik minerallar sohasida 2024 yil sentabrida imzolangan memorandum AQShning Xitoy bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan yetkazib beruvchilarni topishga boʻlgan urinishlariga mos keladi. AQSh tashqi siyosatida muhim omilga aylangan "taʼminot zanjiri xavfsizligi"(supply chain security) masalasi Oʻzbekistonni yangi strategik manba sifatida pozitsiyalashtiradi.

 

2023–2024 yillarda faoliyat doirasini kengaytirgan "C5+1" shakli Tramp maʼmuriyatining ham real siyosiy vositasiga aylanishi mumkin. Elchi Xenikning "bugun eng qulay vaqt" degan bayonoti — Oq uy C5+1ni Tramp davrida yangi "koʻp tomonlama " platformaga aylantirish ehtimoli borligini anglatadi. Bunday tashrif “C5+1” sammiti doirasida ham boʻlishi mumkin.

 

Agar tashrif C5+1 shakli doirasida amalga oshirilsa ham, uning Oʻzbekistonda oʻtkazilish ehtimoli yuqori va bu mamlakatimiz uchun muhim diplomatik yutuq va mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichiga aylanishi mumkin.

 

Oʻzbekistonga Tramp tashrifining hech boʻlmaganda ramziy ahamiyati borligi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan taqqoslashda yaqqol koʻrinadi. Qozogʻiston mintaqaning eng boy va ko‘p tabiiy resursga ega davlati (asosan neft va gaz), aholisi 20 millionni tashkil etadi. U mintaqaviy xavfsizlikda ham yetakchilikka intiladi; masalan, MDH va ShHT doirasida hamkorlik qiladi.

 

Qirgʻizistonn va Tojikiston iqtisodiyotlari kichik, ularning 2024 yilgi Yalpi ichki mahsuloti (YaIM) mos ravishda -35,8 mlrd va 12 mlrd AQSh dollar atrofida, aholi soni esa 7-11 millionni tashkil qiladi.  Bu davlatlar koʻproq Rossiya va Xitoyga iqtisodiy jihatdan bogʻliq, shu sababli AQSh ushbu mamlakatlar bilan cheklangan strategik aloqalar oʻrnatadi. Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari hisobiga iqtisodiy jihatdan kuchli ($90,9 mlrd YaIM), ammo u ochiq siyosat yuritmaydi va xalqaro aloqalari cheklangan.

 

Bu borada Oʻzbekiston ham oʻziga xos rolga ega: u nafaqat eng katta aholiga, balki Markaziy Osiyodagi investitsiyalar investitsiyalar boʻyicha eng ochiq bozor tizimiga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston C5+1 formati (AQSh va besh Markaziy Osiyo davlatlari)ga faol aʼzo. Bu diplomatik harakatlar Oʻzbekistonni boshqa jamoadoshlarga nisbatan AQSh uchun ijobiy hamkorga aylantiradi.

 

Markaziy Osiyo Rossiya va Xitoyning taʼsir zonasi sifatida koʻriladi. Oʻzbekiston esa bu ikki davlat oʻrtasida muvozanatli investitsiyalar siyosat olib boruvchi "uchinchi yoʻl" modelini amalda sinab koʻrmoqda. AQSh uchun esa, ayniqsa Tramp maʼmuriyati uchun, Xitoy va Rossiyaning taʼsirini yumshatishda Oʻzbekiston – "neytral, lekin ochiq" davlat sifatida – muhim  rol oʻynashi mumkin. Shu bois, Tramp tashrifi faqat ramziy harakat emas, balki strategik signal ham boʻladi.

 

Trampning eʼtibori hozircha AQSh ichki iqtisodiy siyosatini qayta yoʻlga qoʻyishga, xususan, inflyatsiyani pasaytirish, sanoatni himoya qilish va xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan. Markaziy Osiyoga tashrif uning ichki siyosiy kun tartibida birinchi oʻrinda emas, lekin investitsiyalar siyosiy PR jihatdan u uchun qulay lahza sifatida qaralmoqda — ayniqsa, agar bu tashrif AQShning kuchli global pozitsiyasini koʻrsatish vositasiga aylantirilsa.

 

Xenikning Oʻzbekistondan AQShga noqonuniy yoʻllar bilan kelgan fuqarolarni vatanga qaytarishga chaqirishi — ikki tomonlama diplomatik suhbatlarning nozik, balki keskinlashuv ehtimoli borligini anglatadi.

 

Donald Trampning Oʻzbekistonga tashrifi – bu faqat bir davlatga boʻlgan eʼtibor emas, balki Markaziy Osiyoning geosiyosiy vaznini AQSh investitsiyalar siyosati kontekstida qayta belgilash harakati sifatida talqin qilinmoqda. Diplomatik takliflar, strategik iqtisodiy manfaatlar va xavfsizlik muhokamalari bu tashrif ehtimolini real darajada oshiradi.

 

Shuningdek Donald Tramp rasman tashrif buyuradigan boʻlsa, u Markaziy Osiyoga kelgan ilk AQSh prezidenti sifatida tarixga kiradi. Bu nafaqat siyosiy, balki ramziy jihatdan ham u uchun katta yutuq sanaladi.

 

Shunga qaramay, Trampning ichki siyosiy ustuvorliklari, migratsiya va inson huquqlari masalalari tashrifni hozircha oraliq strategik darajada ushlab turmoqda. Biroq, agar Tramp tashrifni amalga oshirsa, bu Oʻzbekiston uchun mintaqadagi geosiyosiy pozitsiyasini mustahkamlash, AQSh uchun esa Xitoy–Rossiya taʼsir zonasida yangi diplomatik front ochish imkoniyati boʻlishi mumkin.
 

Nodirbek Egamberdiyev

Mavzuga oid yangiliklar

AQSh Oʻzbekistondan foydalanmoqchi

AQSh Oʻzbekistondan foydalanmoqchi

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin baʼzi davlatlarga AQShdan toʻgʻridan toʻgʻri reyslar bekor qilingan. Tramp administratsiyasi AQShdan deportatsiya qilingan Sobiq Ittifoq tarkibidagi davlatlarning fuqarolari uchun Oʻzbekistondan tranzit nuqtasi sifati foydalanish uchun mamlakat bilan muzokaralar oʻtkazgan. Bu haqda "Washington Post" maʼlum qildi.

Siyosat

07.05.2025, 17:33

Oq Uy Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qildi. Tramp Gʻazoni oʻzi boshqarmoqchi

Oq Uy Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qildi. Tramp Gʻazoni oʻzi boshqarmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Gʻazodagi urushni toʻxtatishga qaratilgan 20 bandlik tinchlik dasturini eʼlon qildi. Dastur Tramp va Netanyahu bilan uchrashuvidagi jonli efirda muhokama qilindi hamda administratsiyaning RapidResponse47 nomli kanalida eʼlon qilindi.

Jahon

30.09.2025, 15:01

Oʻzbekiston prezidentining AQShga qilgan tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston prezidentining AQShga qilgan tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tashrifi yakunlandi.

Siyosat

25.09.2025, 09:00

Mirziyoyev AQShda kimlar bilan uchrashdi?

Mirziyoyev AQShda kimlar bilan uchrashdi?

Shavkat Mirziyoyev 20–24 sentabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun AQShning Nyu-York shahrida boʻlib turmoqda. Tashrif doirasida davlat rahbari mamlakatning qator kompaniyalari va mutasaddilarini qabul qildi.

Siyosat

23.09.2025, 15:00

Pokiston Trampni Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod etib koʻrsatdi

Pokiston Trampni Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod etib koʻrsatdi

Pokiston hukumati AQSh prezidenti Donald Trampni 2026 yilgi Tinchlik  boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatdi. Bu haqda "Gazta.ru" nashri xabar berdi.

Jahon

21.06.2025, 12:20

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi

Qozogʻistonda "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Sammitda nimalar gaplashildi? Mirziyoyev oʻz nutqida nimalarni tilga oldi? Xitoy nega mintaqa mamlakatlariga begʻaraz 207 million AQSh dollari miqdorida yordam koʻrsatmoqchi? 

Siyosat

18.06.2025, 17:48

So‘nggi yangiliklar

Ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin

Sirdaryodagi 1500 MVt quvvatli IESdagi nosozlik tufayli ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin. Maʼlumotga koʻra, ACWA Power tomonidan foydalanishga topshirilgan stansiyaning 2-sonli gaz turbinasida rotor muammosi aniqlangan. Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi tayyorlagan yangi rotor 8 dekabr kuni maxsus reys bilan Toshkentga yetkazilgan.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 11:10

Oʻzbekiston va Al-Azhar oʻrtasida yangi ilmiy hamkorlik loyihalari yoʻlga qoʻyiladi

Misrning nufuzli ilmiy-diniy markazi — “Al-Azhar” va Oʻzbekiston oʻrtasida ilmiy-taʼlimiy hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi. Qohirada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Misr bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad at-Toyyib Oʻzbekiston delegatsiyasi — Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi vakillar bilan muzokara olib bordi.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 10:14

Dunyodagi eng qattiq rejimli 10 ta qamoqxona

Jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatdan ajratish va davlat barqarorligini saqlash maqsadida turli darajadagi qamoqxonalar faoliyat yuritadi. Biroq dunyoda shunday muassasalar ham borki, ular oddiy jazoni ijro etish joyi emas, balki qattiq rejim, total nazorat va psixologik bosimning eng yuqori nuqtasiga aylangan tashkilotlardir.

Jahon

09.12.2025, 19:00

Oʻzbekistonda 70 ga yaqin onlayn qimor platformalari bloklandi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Oʻzbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targʻib qiluvchi 70 ga yaqin sayt bloklanganini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 14:48

Markaziy Bank plastik kartadan noqonuniy pul yechib olinishi yuzasidan munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, fuqarolarning Humans ilovasi orqali mablagʻlari yechib olingani haqidagi ilk murojaatlar Markaziy bankka 8 dekabr kuni soat 08:30 atrofida kelib tushgan. Shundan soʻng Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida Octagram AJ (Paylov — savdo belgisi) bilan bogʻlanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash va ehtimoliy zaifliklarni bartaraf etish maqsadida P2P amaliyotlarini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma bergan.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 14:40

Nega plastik kartalardan pul yechib olinmoqda?

Soʻnggi kunlarda fuqarolardan plastik kartalaridan ularning xabari va roziligisiz pul mablagʻlari yechib olinayotgani haqida koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Eʼtiborli jihati shundaki, jabrlanuvchilar hech qanday shubhali fayllarni yuklamagan, SMS-kodlarni kiritmagan va shaxsiy maʼlumotlarini hech kimga taqdim etmagan.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 11:39

Hayotingizda Konstitutsiyaning roli qanday?

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan ijodiy guruhimiz koʻchada yurtdoshlar oʻrtasida kichik soʻrovnoma oʻtkazdi. Soʻrovnoma davomida fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimi, unga boʻlgan munosabati va shaxsiy fikrlari oʻrganildi. 

Oʻzbekiston

09.12.2025, 10:14

Toshkentda yoʻl harakatini boshqarish boʻyicha yangi markaz ish boshlaydi

Toshkent shahrida yoʻl harakatini boshqarish va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yangi Yoʻl harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. Shuningdek, poytaxt infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Xitoy bankdan 271 mln dollar kredit jalb qilinib, 2030 yilgacha 150 ming oʻrinli toʻxtash joylari barpo etilib, Toshkent metropoliteni uzunligi 103 kilometrgacha yetkaziladi hamda piyodalar va velosiped yoʻlaklari kengaytiriladi.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 09:01

Konstitutsiya kuni munosabati bilan jazo muddatini oʻtayotgan 615 nafar mahkum afv etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishidan chin dildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Oʻzbekiston

08.12.2025, 11:58

Oʻzbekistonda taqiqlangan va cheklov qoʻyilgan tovarlar roʻyxati ochiqlanadi

Oʻzbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit orqali oʻtkazish taqiqlangan tovarlar boʻyicha yagona elektron ochiq reyestr joriy etiladi. Yangi tizim har bir fuqaro va tadbirkor uchun ochiq tarzda mavjud boʻladi.

Iqtisodiyot

08.12.2025, 10:15

Oʻzbekistonda bank kartalari soni keskin oshib bormoqda

Oʻtgan uch yil davomida mamlakatda muomaladagi bank plastik kartalari soni ikki barobarga oshdi. Shu bilan birga, toʻlov terminallari miqdori qisqarib borayotgan boʻlsa-da, bankomatlar va infokiosklar soni oʻsishda davom etmoqda.

Oʻzbekiston

08.12.2025, 09:26

Toshkent metro bekatlarida kassalar 9 dekabrdan yopiladi

Toshkent metropolitenida bir qator bekatlarda kassalar faoliyati toʻxtatilmoqda. 2025 yil 9 dekabrdan boshlab jami 16 ta bekatda kassalar yopilib, ularning oʻrnida QR-kodli chiptalar beruvchi zamonaviy infokioskalar ishga tushiriladi.

Oʻzbekiston

06.12.2025, 15:58