Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 21.03.2026, 04:25

Namanganda tikilgan kiyimlar jahon bozorlarida sotilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Iftixor kiyim sanoat” klasterining yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Namanganda tikilgan kiyimlar jahon bozorlarida sotilmoqda

Namangan toʻqimachilik boʻyicha mamlakatimizda yetakchi. Viloyat sanoatining uchdan biri, eksportining yarmi shu sohaga toʻgʻri keladi. Bugungi kunda 2 ming 500 ga yaqin toʻqimachilik korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Ular 250 ga yaqin brendlar ostida mahsulot tayyorlab, yuz mingdan ortiq insonni yuqori daromad bilan taʼminlayapti.

Sanoat rivojiga qoʻshimcha sharoit yaratish maqsadida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi Toʻraqoʻrgʻon tumaniga kengaytirilgan edi. Yigirmaga yaqin loyiha qatorida bu yerda “Iftixor kiyim sanoat” klasterining yangi korxonasi ham barpo etildi.

13 avgust kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari toʻqimachilik korxonalarining yirik brendlar bilan hamkorligi masalasiga alohida urgʻu bergan edi. “Iftixor kiyim sanoat”da shunday tizim yoʻlga qoʻyilgan. Bu yerda “Bugatti”, “Pierre Cardin”, “Roy Robson”, “Baldessarini”, “Lavard”, “Jake’S”, “Engbers”, “Cinque”, “Walbusch” kabi mashhur brendlar buyurtmalariga koʻra mahsulot tayyorlanmoqda. Namanganda tikilgan kiyimlar Yevropa doʻkonlarida sotilmoqda.

Bundan tashqari, “Mercedes-Benz”, “BMW”, “Rolls-Royce” kabi avtomobillar uchun oʻrindiq matolari ham ishlab chiqarilmoqda. Mazkur yoʻnalishda u mintaqamizda yagona korxona hisoblanadi. Umuman, korxona yigirmaga yaqin xorijiy brendlar bilan hamkorlikda ishlamoqda.

Yangi loyihaning umumiy qiymati 198 million dollar boʻlib, mablagʻlar asosan qurilish ishlari va ilgʻor texnologiyalarni jalb etishga yoʻnaltirildi. Zamonaviy inshootlar barpo etildi, maxsus laboratoriya tashkil qilindi. Germaniya, Italiya, Turkiya va Polsha kabi toʻqimachilikda yetakchi mamlakatlardan keltirilgan energiya tejamkor uskunalar ish unumdorligini oshirdi. Korxonadagi zamonaviy laboratoriya sifat nazoratini taʼminlash va nufuzli brendlar ishonchini qozonishda muhim oʻrin tutmoqda.

Dastlab oddiy tikuvchilik sexi sifatida ish boshlagan “Iftixor kiyim sanoat” bugun paxta yetishtirishdan tortib, tayyor mahsulotni eksportga yoʻnaltirayotgan yirik klasterga aylandi. Sifat boʻyicha qatʼiy talablar uni xalqaro bozorga olib chiqdi.

Prezident korxonadagi ish jarayoni bilan tanishdi, xodimlar bilan suhbatlashdi.

Korxona toʻliq quvvatga chiqqach, yiliga 100 million dollarlik mahsulot ishlab chiqaradi. Bu orqali 2 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi, davlat byudjetiga esa yiliga salmoqli soliq tushumlari qoʻshiladi. Xalqaro brendlar bilan hamkorlik mahsulotga kafolatli bozor, katta valyuta tushumlari va yangi ish oʻrinlarini taʼminlaydi.

Bu yerga Namanganda oʻtayotgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” xalqaro forumining xorijiy mehmonlari ham tashrif buyurdi. Milliy hamda xorijiy brendlar uchun tikilgan tayyor kiyimlar, shuningdek, oziq-ovqat, charm, qurilish materiallari, farmatsevtika tarmoqlaridagi mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Oʻzbekistonda biznes uchun yaratilgan sharoitlar, milliy mahsulotlarimiz turi va sifati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga Namangan viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar haqida axborot berildi. Xususan, shaharsozlik, toʻqimachilik, qurilish materiallari, elektrotexnika, turizm, qishloq xoʻjaligi va kimyo sanoati kabi yoʻnalishlarda 252 ta yirik loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mutasaddilarga investor va tadbirkorlar uchun barcha qulayliklarni yaratib, loyihalarni jadallashtirish, koʻproq ish oʻrinlari yaratib, aholi daromadini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Iqtisodiyot

18.09.2025, 10:46

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi

Bryussel shahriga rasmiy tashrif doirasida Laken saroyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaliklar qiroli Filipp bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Siyosat

24.10.2025, 21:17

Muhammad Abunayyan: “Oʻz xalqini Siz kabi sevadigan davlat rahbarini uchratmadim”

Kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishiga tamal toshi qoʻyishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan yirik investor – «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan ham soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi. 

Oʻzbekiston

16.10.2025, 16:03

Shavkat Mirziyoyev OTB bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida oʻtayotgan "Kambagʻallikdan farovonlik sari" xalqaro forumi doirasida Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yangni qabul qildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 10:30

Namanganda natijadorlikni yanada oshirish vazifalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentabr kuni Uychi tumanida Namangan viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Oʻzbekiston

17.09.2025, 10:48

Norin daryosida “birinchi milliy GES” ishga tushirildi

Oʻtgan yili 25 mart kuni davlat rahbari Namangan viloyatida yangi elektr stansiyalari qurilishini boshlab bergan edi. Kuni kecha ulardan biri – Norin GESlar kaskadining dastlabki bosqichi ishga tushdi.

Oʻzbekiston

17.09.2025, 10:39

Boʻstonliqda “Chimyon” umummavsumiy kurorti barpo etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida qurilayotgan “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti imkoniyatlari bilan tanishdi.

Iqtisodiyot

16.09.2025, 20:34

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi

Mazkur kitob Rui Gonsales de Klavixo  yozgan mashhur o‘rta asr xronikasi – “Temur huzuriga elchilik” asari asosida yaratilgan. 

Madaniy

21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti

Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.

Jahon

21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi

1-iyuldan “Yagona davlat nazorati” tizimi ishga tushadi. Endi tadbirkor va mansabdor shaxs o‘rtasidagi muloqotlar nazorat qilinadi. Qoidabuzar tekshiruvchi esa “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.

Oʻzbekiston

21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti

Qisqartirishlardan tashqari, Instagram, Facebook va WhatsApp'ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi 6000 kishini ishga yollash rejalarini bekor qiladi hamda 7000 nafar xodimni sun’iy intellekt bilan bog‘liq ish jarayonlariga o‘tkazadi.

Iqtisodiyot

21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati

Markaziy Osiyoni ko‘pincha Rossiya imperiyasining xotiralari, Xitoyning ta’sir doirasi, Ipak yo‘li jozibasi yoki gigant davlatlar raqobati kabi tashqi qarashlar prizmasi orqali ko‘rishgan. Endi eski qolip darz ketib, mintaqa o‘z tarixini so‘zlab berishning yangi yo‘llarini kashf etyapti.

Madaniy

20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi

Yangi xalqaro tadqiqotga ko‘ra, juda kam yoki haddan tashqari ko‘p uyqu miya, yurak, o‘pka va immun tizimining qarishini tezlashtirishi hamda bir qator kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Madaniy

20.05.2026, 12:33

Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi

Yo‘llar to‘sib qo‘yilgani sababli poytaxt La-Pasda oziq-ovqat, yoqilg‘i va dori-darmon tanqisligi yuzaga kelgan. Minglab odamlar  prezident Rodrigo Pasning iste’fosini talab qilmoqda. 

Jahon

20.05.2026, 10:37

Lotin Amerikasiga yo‘l: Rio-de-Janeyroda O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi ish boshladi

Rio-de-Janeyro shahri Braziliyaning muhim moliyaviy, turistik, transport va yirik logistika markazi hisoblanadi. Bu esa o‘zbek eksportchilari uchun nafaqat Braziliya, balki Argentina, Chili, Paragvay, Urugvay, Peru, Kolumbiya bozorlariga chiqish imkonini beradi

Iqtisodiyot

19.05.2026, 17:08

Umumiy sun’iy intellekt poygasi: sohada AQSH kuchlimi yoki Xitoy?

AQSH sun’iy intellekt raqobatida yetakchilikni boy berishi mumkin. Chunki haqiqiy yutuq — ixtiro qilishda emas, birinchi bo‘lib amalda qo‘llashda.

Fan-texnologiya

19.05.2026, 15:55

Toshkentda JAC Motors avtomobil zavodi ishga tushirildi

Kelgusida Toshkentda JAC M4, Sunray, JS8, RF8, T8 va T9 modellarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Iqtisodiyot

19.05.2026, 10:10

Endi o‘zbekistonliklar Italiya qishloq xo‘jaligida ishlashi mumkin

Italiya bilan hamkorlikda Toshkentda qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha markaz faoliyat yuritmoqda. Dastlab traktorlarni boshqaradigan mutaxassislar guruhidan boshlashga qaror qilingan. Shuningdek, dastur ishtirokchilari italyan tilini o‘rganmoqda. 

Oʻzbekiston

19.05.2026, 09:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →