Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi.
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46
Ulashish:

XQP global iqtisodiy reytinglarni qanday shakllantiradi?
Ushbu vizualizatsiya har bir mamlakat iqtisodiyoti hajmini XQP boʻyicha moslashtirilgan YaIM asosida koʻrsatadi. Bu esa butun dunyo boʻylab milliy iqtisodiyotlarni oʻzaro solishtirishni osonlashtiradi.
2026 yil uchun berilgan ushbu prognozlar Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga tegishli.

Xarid qobiliyati pariteti (XQP) – bu turli mamlakatlarda maʼlum bir tovarlarning narxini oʻlchash usuli boʻlib, mamlakatlar valyutasining xarid qobiliyatini taqqoslash uchun ishlatiladi.
Iqtisodiyotlarni XQP boʻyicha taqqoslaganda, jahon reytingi nominal YaIMdan ancha farq qiladi.
Nominal YaIM boʻyicha Qoʻshma Shtatlar dunyoning eng yirik iqtisodiyoti boʻlsa-da, XQPga moslashtirilganda, Xitoy aslida 2014 yildan beri dunyoning yetakchi iqtisodiyoti hisoblanadi.
Bugungi kunda Xitoy iqtisodiyoti 43,5 trillion dollarga baholanib, bu koʻrsatkich Qoʻshma Shtatlardagi 31,8 trillion dollardan ancha yuqori.
Bundan tashqari, dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari “musobaqasi”da Osiyo nomidan qatnashayotgan faqat Xitoy emas.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotining 49 foizi Osiyo mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi va bu qitʼaning xalqaro savdo va ishlab chiqarishning yangi markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlamoqda.
Hindiston xarid qobiliyati pariteti boʻyicha dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyoti boʻlib, uning hajmi 19,1 trillion dollarni tashkil etadi. Yaponiya (6,9 trln dollar), Indoneziya (5,4 trln dollar) va Janubiy Koreya (3,5 trln dollar)… Barchasida yashash narxlarining arzonligi hisobiga yalpi ichki mahsulotga nisbatan koʻp trillion dollarlik oʻsish kuzatilmoqda.
4,7 milliard aholiga ega Osiyo dunyodagi eng gavjum qitʼa hisoblanadi. Uning Vetnam va Tailand (har biri 1,9 trln dollar) kabi koʻplab kichik rivojlanayotgan iqtisodiyotlari yaqin yillarda jadal oʻsishda davom etishi kutilmoqda, bu esa qitʼaning kelajakdagi ustunligi saqlanib qolishidan dalolat.
Oʻzbekiston 511 milliardlik XQPga ega boʻlib, 55-oʻrinni zabt etgan. Markaziy Osiyo boʻyicha eng yuqori pogʻonani egallagan Qozogʻiston 973 milliard dollar bilan reytingda 36 oʻrinda turibdi. Qolgan mintaqa davlatlari:
- Turkmaniston – 91‑oʻrin (159 mlrd. dollar);
- Qirgʻiziston – 122‑oʻrin (69 mlrd. dollar);
- Tojikiston – 124‑oʻrin (67,7 mlrd. dollar).
Yevropadagi tafovut
Nominal va XQPga (xarid qobiliyati pariteti) moslashtirilgan YaIM oʻrtasidagi farq yaqqol koʻrinadigan hududlardan biri — Yevropadir.
Nominal YaIM koʻrsatkichlari boʻyicha Germaniya qitʼaning eng yirik iqtisodiyoti hisoblanadi. Undan keyingi oʻrinlarda esa Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Rossiya joylashgan.
Biroq xarid qobiliyati pariteti asosida hisoblanganda vaziyat oʻzgaradi. Umumiy narxlar nisbatan arzon boʻlgan mamlakat sifatida Rossiya iqtisodiyoti keskin koʻtarilib, 7,3 trillion dollarlik koʻrsatkich bilan Yevropaning eng yirik iqtisodiyotiga aylanadi.
Bu mezon boʻyicha Rossiya jahonda Xitoy, AQSh va Hindistondan keyin toʻrtinchi oʻrinni egallaydi.
Shu bilan birga, Fransiya bu koʻrsatkich boʻyicha Buyuk Britaniyadan ham oʻzib ketgan. Biroq umumiy hisobda Yevrohudud iqtisodiyotlari tovarlarni raqobatbardosh narxlarda xarid qilish yoki ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlgan Indoneziya yoki Yaponiya kabi Osiyo davlatlaridan ortda qolmoqda.
Yangi rivojlanayotgan bozorlar
Yevrosiyodan tashqari hududlarda ham rivojlanayotgan bozorlar bilan bogʻliq holat deyarli shunga oʻxshash.
XQP boʻyicha hisoblaganda, Braziliya (5,2 trillion dollar) va Meksika (3,6 trillion dollar) iqtisodiyotlari Kanada (2,8 trillion dollar)ni ortda qoldirib, Amerika qitʼasining ikkinchi va uchinchi yirik iqtisodiyotlariga aylanadi.
Ayni paytda, jahon yalpi ichki mahsulotining atigi olti foizini tashkil etadigan Afrikada uchta rivojlanayotgan iqtisodiyot — Misr, Nigeriya va Janubiy Afrika — XQP boʻyicha hisoblangan umumiy iqtisodiy ishlab chiqarishning qariyb 6 trillion dollarlik qismiga egalik qiladi.
Xarid qobiliyati pariteti boʻyicha kuchli 10 talik (trillion dollar qiymatida)
1. Xitoy – 43 491,5
2. AQSh – 31 821,3
3. Hindiston – 19 143,4
4. Rossiya – 7 340,8
5. Yaponiya – 6 923,3
6. Germaniya – 6 323,5
7. Indoneziya – 5 358,3
8. Braziliya – 5 161,1
9. Fransiya – 4 657,2
10. Buyuk Britaniya – 4 592,1
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
So'nggi yangiliklar

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi
Jahon
28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt
Madaniy
27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi
Iqtisodiyot
26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48
Mashhur yangiliklar

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
