Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin
Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.
Ta'lim
04.03.2026, 10:02
Ulashish:

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qaror loyihasida nazarda tutilgan.
Loyihaga koʻra, tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish tartibi 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab bekor qilinadi.
Shuningdek, ushbu oʻquv yilidan boshlab tibbiyot OTMlarida “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” bakalavr taʼlim yoʻnalishlari negizida 5+1 shaklidagi “Umumiy tibbiyot” boʻyicha 6 yillik taʼlim yoʻnalishi joriy etiladi. Mazkur yoʻnalish bitiruvchilari oilaviy shifokor mutaxassisligiga ega boʻladi.
2027 yil 1 yanvardan boshlab bakalavriat, rezidentura (klinik ordinatura) va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha umumiy oʻqish davrining kamida 50 foizini davlat granti asosida tamomlagan hamda maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar uchun davlat tibbiyot muassasalarida majburiy ishlab berish tartibi joriy etiladi.
Majburiy ishlab berish muddatlari quyidagicha belgilanmoqda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida — kamida 1 500 ish soati;
Tuman (shahar) darajasidagi (Toshkent shahri bundan mustasno) boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda tibbiyot sohasidagi davlat boshqaruv organlarida — kamida 2 000 ish soati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar darajasidagi davolash-profilaktika muassasalari hamda tibbiyot sohasidagi davlat boshqaruv organlarida — kamida 2 500 ish soati;
Toshkent shahri va respublika darajasidagi davolash-profilaktika muassasalari hamda tibbiyot sohasidagi davlat boshqaruv organlarida — kamida 3 000 ish soati.
Shu bilan birga, bakalavriat, rezidentura va magistratura mutaxassisliklarida har bir oʻquv moduli boʻyicha akademik koʻrsatkichlarni oʻzlashtirishda, shuningdek davlat imtihonlarida minimal oʻtish ballari belgilanadi. Jumladan, shifokor mutaxassisliklari uchun — 70 foiz, oʻrta tibbiy xodim mutaxassisliklari uchun esa 60 foiz etib belgilanishi koʻzda tutilmoqda.
Ta'lim
04.03.2026, 10:02
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35
So'nggi yangiliklar

Ebola Yevropada: Fransiyada ilk kasallik holati tasdiqlandi
Jahon
24.06.2026, 17:34

Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi $12 milliardlik kelishuvlarga erishdi
Jahon
24.06.2026, 16:46

“Yadroviy qurol jahon urushiga qarshi yagona kafolatdir” — Kreml
Siyosat
24.06.2026, 15:57

Yangi Namanganda yangi IT-park qurilishi boshlandi
Oʻzbekiston
23.06.2026, 16:05

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston
23.06.2026, 12:58

Shimoliy Kaliforniya kutubxonasida otishma sodir bo‘ldi
Jahon
23.06.2026, 12:32

23-iyun – Xalqaro beva ayollar kuni
Jahon
23.06.2026, 11:13

Starmer ketdi. Britaniya yana bosh vazir izlayapti
Jahon
22.06.2026, 19:58

Sadir Japarov O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi
Oʻzbekiston
22.06.2026, 17:22

Tyumen hududiga berilgan dron zarbalari qaytarildi — Rossiya
Jahon
22.06.2026, 16:54

Ikkinchi jahon urushidagi yo'qotishlar
Jahon
22.06.2026, 15:18

Toshkent davlat pedagogika universiteti binosi sotuvga qo‘yildi
Oʻzbekiston
22.06.2026, 11:51

Surxondaryoda xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka talafot yetdi
Oʻzbekiston
22.06.2026, 10:24

Buyuk Britaniya Yevropa Migratsiya Tarmog‘iga kuzatuvchi davlat sifatida qo‘shildi
Siyosat
21.06.2026, 10:04

Yevropa Ittifoqi Armanistonga yordam tariqasida 34 million yevro ajratdi
Siyosat
20.06.2026, 14:34

Isroil Livanga yana hujumlar uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon
20.06.2026, 12:31

Toshkentda gumanoid robotlar zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot
20.06.2026, 10:59

Dominikan Respublikasida hashamatli kurort yonib ketdi
Jahon
20.06.2026, 10:31

Rossiya Yevropa bilan muzokaralarga tayyor – Dmitriy Peskov
Siyosat
19.06.2026, 17:59

Poytaxtdagi ba’zi armatura mahsulotlari talablarga javob bermaydi – Nazorat qo‘mitasi
Oʻzbekiston
19.06.2026, 16:09
Mashhur yangiliklar

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35
